Sobiq Sovet prezidenti Mixail Gorbachyov Rossiyada o'tgan parlament saylovlarini keskin tanqid qilib, natijalarni bekor qilishga va jarayonni yangidan o'tkazishga chaqirdi.
"Unda xalq xohishi ifoda etilmadi, hukumat soxtalashtirish hollari bo'lganini tan olishi kerak", - deydi Gorbachyov.
Ayni damlarda minglab politsiyachilar va Ichki ishlar vazirligi qo'shinlari poytaxt Moskva ko'chalarini nazorat qilmoqda. Kecha saylov natijalariga norozilik bildirib, namoyish qilgan odamlardan Moskvada 250 dan ziyodi, Sankt-Peterburgda esa 100 dan ortiq odam hibsga olindi.
Bugun Kreml atrofida hukumat tarafdorlari ham namoyish qilgan. AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton saylovlar ochiq va erkin o'tmadi, dedi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Klintonning so'zlarini tanqid qilmoqda.
Saylovlarda salkam 50 foiz ovoz to'plagan "Birlashgan Rossiya" partiyasi yetakchisi, Bosh vazir Vladimir Putin bugun Markaziy saylov komissiyasiga prezident saylovlarida ishtirok etish uchun ariza berdi.