Breaking News

Maxfiy hujjatlar Guantanamoda begunoh odamlar saqlanganini fosh etdi


Maxfiy hujjatlar Guantanamoda begunoh odamlar saqlanganini fosh etdi
Maxfiy hujjatlar Guantanamoda begunoh odamlar saqlanganini fosh etdi

Siyosiy va harbiy sirlarni fosh etib tanilgan “WikiLeaks” veb sahifasi Kubaning Guantanamo bo’go’zidagi qamoqxonada saqlangan va saqlanayotgan mahbuslar haqida maxfiy ma’lumotlarni chop etdi.

Hujjatlardan ma’lumki, 2001 yilda ochilgan bu inshootda aksar hollarda aybi isbotlanmagan, begunoh odamlar saqlangan.

AQSh hukumati buni ochiq tan oladi va mana uch yildirki, Obama ma’muriyati Guantanamoni yopish masalasi ustida bosh qotirmoqda.

Maxfiy hujjatlar Guantanamoda begunoh odamlar saqlanganini fosh etdi
Maxfiy hujjatlar Guantanamoda begunoh odamlar saqlanganini fosh etdi

“WikiLeaks” Guantanamo qamog’ida o’tgan to’qqiz yil ichida saqlangan asirlarning shaxsiy ma’lumotlarini fosh etdi.

“Nyu-York Tayms” gazetasi tahlilicha, ularni AQSh xavfsizligiga tahdid deb ko’rsatish uchun harbiylar qo’lida dalil-isbot yetarli emas. Ayblov qog’ozlari faraz-gumonlarga asoslanib tuzilgan.

2002 yildan buyon mahbuslarning 600 nafari boshqa davlatlarga ko’chirildi yoki qo’yib yuborildi. Hozir taxminan 180 nafari qolgan xolos. AQSh hukumati nazarida ular jinoyatga qayta qo’l urishi mumkin bo’lgan o’ta xavfli ekstremistlar.

Maxfiy hujjatlar Guantanamoda begunoh odamlar saqlanganini fosh etdi
Maxfiy hujjatlar Guantanamoda begunoh odamlar saqlanganini fosh etdi

Mishel Maklor Vashingtonda, Amerika Universiteti qoshidagi Harbiy adliya dasturini boshqaradi.

“Guantanamo turmasida jazoga loyiq odamlar borligi shubhasiz. Ammo hech bir aybsiz umrining bir necha yilini bu yerda o’tkazganlar ham talaygina”, - deydi u.

AQSh Mudofaa vazirligi “WikiLeaks” chop etgan hujjatlarning bir qismi eskirib bo’lganini qayd etadi.

Qamoqxona xizmatchilari va tergovchilarning ismlarini oshkor etish qonunga xilof, deya eslatmoqda rasmiylar.

Obama ma’muriyati harbiy sir ommaga oshkor etilganini qoraladi. Oq uy so’zlovchisi Jey Karnining ta’kidlashicha, prezident Obama Guantanamoni yopish qarorida qat’iy.

Ammo tahlilchilar bunga shubha bilan qaraydi. Va’da 2009 yilda berilgan edi. Shundan beri asirlar ishi fuqaro sudidan yana harbiy tribunalga oshirildi. Kongress ularni ko’chirishga pul ajratgani ham yo’q, deydi siyosatshunos Maykl O’Xanlon.

“Prezident nima qilarini bilmay boshi qotgan. Masala joyidan siljimayapti”, - deydi u.

Maxfiy hujjatlar Guantanamoda begunoh odamlar saqlanganini fosh etdi
Maxfiy hujjatlar Guantanamoda begunoh odamlar saqlanganini fosh etdi

Terrorizmda gumon qilingan shaxslarni Guantanamodek bir joyda saqlash qonuniy ekani boshidan savolga tutilgan edi.

“Bu borada juda ko’p bahslar bo’ldi. Qizig’i shundaki, Guantanamo Kubada, Amerika nazorat qiladigan hududda joylashgan, lekin u yer Amerika qonunlari o’tmaydigan bir manzil”, - deydi Maykl O’Xanlon.

“Urush maydonida ushlangan odamlarni olis bir joyga olib ketish xato qaror bo’lgan. Na u yoqli, na bu yoqli. Ularning jinoyatini isbotlash qiyin. Qo’yib yuborish uchun ham asos kerak”, - deydi Mishek Maklor, harbiy tahlilchi.

Byudjet va boshqa siyosiy tortishuvlar soyasida qolgan Guantanamo masalasi yana omma diqqat markazida. Turmani yopish uchun avvalo asirlar borasida bir to’xtamga kelish kerak.

XS
SM
MD
LG