Breaking News

Andijon fojiasi faqat o'tmish deyish vijdonsizlik, deydi ekspertlar


10 yil oldin Farg’ona vodiysining katta bir shahrini qaqshatib, butun xalq yuragini titratgan Andijon fojiasi o’tmishda qoldi, deyish haqiqatga ko’z yumish va vijdonsizlik bo’ladi, deydi bu voqea xotiralari yuzasidan izlanishlar olib borgan mutaxassislar.

Andijon fojiasi faqat o'tmish deyish vijdonsizlik, deydi ekspertlar - Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:10 0:00

Lora Adams (Laura Adams) - O’zbekistonni uzoq yillardan beri o’rganib kelayotgan olima. Garvard va Jorjtaun universitetida sotsiologiya va mintaqashunoslikdan dars beradi. Uning 2010-yilda chop etilgan “Maftunkor davlat” nomli kitobi O’zbekistonda milliy o’zlik tushunchasini tahlil qiladi.

Professor Adams ijtimoiy xotira nima ekanini tushuntiradi: voqea asoratlarining jamiyatdagi aksi. Odamlar bu kunni qanday eslaydi? Nimaga bog’laydi? Bu tarixni qanday baholaydi? Xulosasi nima?

Rasmiy xotiraning ahamiyati katta, deydi olima. Fojiani rasman tan olish va uni ochiq muhokama qilish xalq ruhiyatini parvarishlash demakdir. Lekin Andijon xususida O’zbekistonda bunga guvoh emasmiz. Bor gap internetda.

O’zbek tilini biladigan va Markaziy Osiyoda ijtimoiy-siyosiy mavzularda tadqiqotlar olib borgan Noa Taker (Noah Tucker) deydiki, odamlar dahshatli voqealarni unutgisi keladi. Ular barqarorlik bo’lsin deydi. Yashayotganidan, qorni to’qligi va usti butligidan xursand. Yaqin Sharqdagi g’alayonlar, qonli urushlarni ko’rib, O’zbekiston ahli “bizda ham shunday bo’lsinmi” deya 10 yil oldingi ko’rguliklarni eslagisi kelmasligi tabiiy. Andijondan shunday saboq oldik, deydiganlar ko’p.

Bu fojia internetda qanday aks etganini o’rgangan Sara Kendzior (Sarah Kendzior), yana bir amerikalik mintaqashunos, odamlarning fikri bir joydan chiqadigan omilni tilga oladi. 2005-yilning 13-mayi - ko’plab odamlarning yostig’i qurigan kun. Qatliom bo’lganmi yoki terroristlarni qirishganmi, bir narsa aniq - xalq uchun ulkan talafot. Odamlar biladiki, Andijon fojiasi - yaqin o’tmish va uning asoratlari har yerda namoyon.

Voqea ketidan internetda bu boradagi ma’lumotlarni bir joyga to’plash harakati kuzatildi. O’zbek faollar hamkorlikda ishlayotgandek bo’ldi. Biroq turli sabablar bilan keyinchalik bu sahifalar yopilib ketdi. Ba’zilari siyosiy bosimga uchradi, qolganlari moliya topolmay, ishdan to’xtadi, yana bir qismi ijtimoiy tarmoqlardagi texnik o’zgarishlar sabab o’chib ketdi.

Fojianing 10 yilligi munosabati bilan mavzu yana jonlanib, Yevropadagi o’zbek faollar bu borada harakatni kuchaytirgandek. O’zbek xalqining dardi aks etgan fakt va ma’lumotlarni avvalo o’zbeklarning o’zi asrab avaylashi kerak.

Andijon fojiasi faqat xotirada emas, u aholining har kungi hayotida o’ziga xos salbiy ko’rinishga ega voqelik, deydi Stiv Sverdlov (Steve Swerdlow), “Human Rights Watch” (HRW) huquq tashkiloti vakili. HRW tahlilicha, O’zbekiston hukumati o’sha mash’um kunda yuzlab begunoh odamlarni o’ldirgan va buning uchun hech kimga javob bermadi va javobgarlikka tutilmadi ham.

“O’z fuqarolarini o’qqa tutgan diktatura qutulib ketdi”, - deydi Sverdlov. Yuzlab odamlar sudlandi, qiynoqqa solindi, ularning yaqinlari hamon qo’rqinchda yashaydi, deydi huquq tashkiloti vakili.

BMTning Inson huquqlari bo’yicha sobiq komissari Luiz Arbur (Louise Arbour) 13-may kuni G’arb matbuotida chiqqan maqolasida xuddi shu xulosani olg’a suradi. Xalqaro hamjamiyat bu jinoyatga nisbatan chora ko’rmagani chuqur mas'uliyatsizlik, deya yozadi u.

O’zbekiston hukumatining pozitsiyasi shuki, Andijonda tashqi kuchlar tomonidan quvvatlangan qurolli guruh xuruj qilgan va uni bostirish uchun harbiy kuch safarbar etilgan. 187 kishi o’lgan, jumladan xavfsizlik xodimlari, deydi rasmiylar.

HRW singari huquq himoyachilari esa bu qatliom bo’lgan va 500-1000 orasida fuqaro halok bo’lgan deb keladi. Mustaqil tekshiruvga yo’l berilmagani bois haqiqatning tagiga yetish qiyin. Hukumatga ko’ra, Andijon ishi allaqachon yopilgan.

Andijon fojiasidan nima qoldi? Qo'rqinch, deydi Noa Taker. O’zbekistonda hukumatga nisbatan qo’rqinch hissi oshdi va bugungacha davom etmoqda. Qon to’kilishidan ko’ra vaziyatga chidab yashash ma'qul, degan qarash keng tarqalgan. Andijon haqida so’rashdan ham xavfsirashadi.

Qatliom guvohlari yo qamoqda yo qidiruvda yo muttasil bosim ostida ekan, ularning yaqinlari va tanishlari ham qo’rquvda kun kechiradi, deydi Sara Kendzior. Olima o’z kasbdoshlarini voqea yuzasidan izlanishlarni davom ettirishga, qo’llaridagi ma’lumotlarni arxivlarga topshirishga undaydi.

O’zbekistonda yosh-qari, qolaversa insoniyat manfaatlari uchun qayg’urgan har bir shaxs Andijonda nima bo’lgan deb qiziqqanida xolis informatsiya ola bilishi kerak, deydi ekspertlar.

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi" teleradiosining yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Tashkilotda gender va jurnalistika bo'yicha kengash raisi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for more than 20 years on TV, radio and online. Since 2018, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Master in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Navbahor played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented more than 1000 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari” (Exploring America), which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and the Atlantic. Navbahor also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at Uzbekistan’s state broadcasting company in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

XS
SM
MD
LG