Breaking News

2005-yilgi Andijon voqealari qirg’izistonliklar nigohida


Andijonda ro'y bergan qonli voqealarning 10 yilligi xotirlanmoqda. Yuzlab fuqaroning o'limi bilan yakunlangan fojia atrofida savollar bir dunyo, ammo rasmiy Toshkent mustaqil tekshiruvga yo'l bermaydi.

2005-yilgi Andijon voqealari qirg’izistonliklar nigohida/Muhiddin Zarif
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:36 0:00

Ma'lumotlar guvohlar orqali yig'ilmoqda. O'shanda tirik qolgan bir guruh andijonliklar avval qo'shni Qirg’izistonda boshpana topgan, keyin esa AQSh, Yevropa va Avstraliyada joylashtirilgan.

O’zbekiston rasmiylarining da'volariga ko’ra, Andijondagi norozilik chiqishlarida Qirg’iziston fuqarolari ham qatnashgan. Qirg’izistonliklar bunga qanday munosabat bildiradi?

O’shlik qalamkash, taniqli jurnalist Santalat Fayzullayeva mana 10 yildirki qo’shni Andijonda yuz bergan qonli voqealar borasida aniq-ravshan xulosa chiqara olmaydi. Uning aytishicha, har ikki tomon, ya'ni namoyishchilar va mutasaddi idoralar iddaolarida gumonli jihatlar oz emas.

“U ishlar o’tib ketdi, hozir biz tomonlarda u voqealarni uncha eslashmaydi. Lekin Andijonda qanchadan- qancha odamlar jabr ko’rgan. Albatta, qon to’kilgani yomon bo’lgan. Davlat bunday narsaning qaytarilmasligiga harakat qilishi kerak. Buning uchun fuqarolar uchun ham, davlat idoralari uchun ham qonun ustuvor bo’lishi lozim”, - deydi mahalliy nodavlat tashkilotlardan birining xodimi.

Andijon voqealarida qirg’izistonliklar ishtiroki borasida gap-so’zlar bir paytlar ko’p bahslarga sabab bo’lgan. O’zbekiston huquq-tartibot tizimlari tomonidan o’sha chiqishlarga daxldorlikda ayblanib, qamalganlar orasida Qirg’iziston fuqarolari ham bor edi.

Mahalliy aholi vakillari Andijonda halok bo’lgan hamyurtlari - o’zaro yordam guruhlari a’zolari deb taxmin qilinmish o’rtahol kosib yigitlarni - eslashadi.

Ism-sharifini oshkor etishni istamagan o’shlik ziyoli o’sha kunlar Andijon shahri bosh maydonida bo’lgan qirg’izistonlik o’zbek yoshlari kimlarningdir da'vatlariga uchgan, deb o’ylaydi. Suhbatdoshga ko’ra, ular o’zga mamlakatdagi voqealarga aralashmasligi kerak edi, aralashishga haqqi ham yo’q edi.

Namoyishchilarning militsiya bo’limiga bostirib kirish va qurollarni tortib olish, qamoqxona darvozalarini ochib yuborish, huquq-tartibot xodimlarini tahqirlash hollarini eslar ekan, suhbatdosh tartibsizliklarni davlat tizimiga qarshi fitna, deb hisoblaydi.

Mahalliy kuzatuvchilarning aytishicha, qon to’kilishini qoralagan holda, ko’pchilik qirg’izistonliklar rasmiy Toshkentning qat’iy harakatlarini tushunish bilan qabul qilgan. Ushbu kayfiyatda Qirg’izistonda davomli vaqt hukm surgan turli guruhlar beboshligi, mitingbozlik, beqarorlik ko’rinishlari oqibatidan horiganlik ham seziladi, deydi tahlilchilar.

Abdumalik Sharipov o’sha paytlar Jalol-Obod shahridagi nodavlat tashkilotda faoliyat ko’rsatgan. U andijonlik qochqinlar huquqlarini ta’minlash bilan mashg’ul bo’lgan.

“Andijonda xalq bekorga maydonga chiqmagan, shekilli. Har holda davlat siyosatida keyinchalik ma’lum ijobiy o’zgarishlar o’rin oldi”, - deydi u.

Qirg’izistonda qattiqqo’l siyosat tarafdorlari ko’payayotganini u davlat qurilishi jarayonida - omma fikrida - tartibga ehtiyoj o’shgani bilan izohlaydi.

XS
SM
MD
LG