AQSh Oliy Sudi prezident Barak Obama olg’a surgan sog’liqni saqlash islohotini qonuniy deb topdi. Unga ko’ra, 2014-yildan boshlab har bir fuqaro tibbiy sug’urtaga ega bo’lishi shart.
Amerikada ko’pincha bunday imtiyozni kishining ish joyi ta’minlaydi, lekin taxminan 50 million fuqaro sug’urtasiz.
Vilber Smit 25 yildan beri sug’urtali fuqarolar toifasiga kirardi. Ishidan ayrildi-yu, imtiyoz ham ketdi. Buning ustiga, unda rak-saraton aniqlashdi.
“Doimo tibbiy sug’urtam bo’lgani uchun bunday muammolar bilan hech qachon yuzlashmaganman”, - deydi u.
Qimmat bo’lsa-da, Smit sug’urtani o’zi sotib olishga harakat qildi. Lekin qaysi kompaniyaga murojaat qilmasin, kasalligi sabab unga rad javobini berishdi.
“O’nlab joyga ariza berdim, “yo’q” degan javob oldim. “Kasallikni orttirib, endi keldingizmi bizga?” deb so’rashdi. Nima qilay? Bunday vaziyatga duch kelmaganman avval”.
Smit oxir-oqibat Virjiniyaning Arlington shahrida bepul davolaydigan bir klinikani topdi. Xususiy donorlar yordami bilan ishlaydi. Shaharda 20 ming kishi sug’urtasiz, shulardan 1600 nafari klinikaga keladi. Bemorlar lotereya orqali tanlanadi.
“Oyiga 150 kishi murojaat qiladi bizga. Shulardan 25 tasini qabul qila olamiz”, - deydi kasalxona direktori Jodi Kelli. Uning aytishicha, og’ir ahvolda eshik qoqib keladiganlar juda ko’p.
“Chunki vaqtida davolanmasa, bunga qurbi yetmasa, xastalik og’irlashib boraveradi”.
Konservativ guruhlar yangi qonunning “barcha amerikaliklar tibbiy sug’urta sotib olishi shart” degan bandiga tish-tirnog’i bilan qarshi.
"Heritage" siyosiy-tahlil instituti xodimi Ed Xayzlmayer:
“Respublikachilar nazarida bunday majburiyat shaxsiy erkinliklarni cheklab qo’yish bilan barobar. Demokratlar orasida ham norozilar ko’p, chunki ular sug’urta kompaniyalarini umuman yoqtirishmaydi”.
Olim fikricha, Amerikada shunday tizim yaratilishi kerakki, fuqaro ish joyiga bog’lanib qolmasin. Sug’urta bozorida tanlash imkoniyati bo’lsin. Vilber Smit kabi biror xastalikka chalinsa ham kompaniyalar mijozni rad eta olmasin.
“Sug’urtasiz juda qiyin ekan. Boshimga tushganidan keyin bildim. Yaxshiyamki, mana shunday xayriya tashkilotlari bor. Og’ir kunda dardimga malham bo’lishdi”, - deydi Vilber Smit.