Breaking News

Xirosimaga atom bombasi tashlanganiga 65 yil to’ldi


Yaponiyaning Xirosima shahriga atom bombasi tashlanganiga bugun 65 yil to’ldi.

Mash’um voqea xotirlanar ekan, bu yilgi marosimda birinchi bor Qo’shma Shtatlar, dunyoning yilik davlatlari rasmiylari qatnashmoqda.

Jumladan, Ikkinchi Jahon Urushi davrida Yaponiyani mag’lub etgan davlatlar vakillari.

1945 yilning 6 avgustida Qo’shma Shtatlar aviatsiyasi Xirosimaga atom bombasi tashlagan. Bu insoniyat tarixida amalga oshirilgan birinchi atom hujumi edi.

Voqeadan ko’p o’tmay Yaponiya mag’lubiyatni tan olib, taslim bo’ladi.

Bugun tongda Xirosimada o’tgan xotira marosimi bir daqiqa sukunat bilan boshlandi. Ko’kka ming kabutar parvoz qildi.

65 yil oldin huddi shu kuni ertalabki soat 8:15 da shaharning kuli ko’kka sovurilgan, 140 odam halok bo’lgan.

Yillar davomida Amerika marosimda qatnashishdan bosh tortib kelgan. Bu yilgi yig’inda, birinchi marotaba AQShning Yaponiyadagi elchisi Jon Rus ishtirok etmoqda.

Yadro quroliga ega davlatlar – Britaniya va Fransiya arboblari ham mehmonlar safida. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Pan Gi Mun ham hozir.

Pan Gi Mun yadro qurolidan xoli dunyo yaratish yo’lida astoydil ishlashga va’da berib, bu qonli qurolni ildizi bilan qo’porish zarur, dedi.

Xirosimaga qilingan hujumdan uch kun o’tib, Nagasaki shahriga ikkinchi atom bombasi tashlanadi. 70 ming odam yer yuzidan qirib yuborilgan. 1945 yilning 15 avgustida esa Yaponiya taslim bo’ladi.

Qo’shma Shtatlar voqea uchun hech vaqt kechirim so’ramagan. Ikkinchi Jahon Urushini tugatish uchun zarur qadam edi bu degan qarash hukmron.

Bu yilgi marosimda AQSh rasmiysi qatnashar ekan, bu prezident Barak Obamaning ommaviy qirg’in qurolidan toza dunyo yaratish siyosatiga muvofiq qadam sifatida ko’rilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG