Gonkong Xitoyga qaytarilganiga 17 yil bo'ldi. Shu munosabat bilan demokratiya tarafdori bo'lgan o'n minglab fuqarolar namoyishga chiqib, shahar ko'chalarini to'ldirdi. Ular Xitoy hukumatidan islohotlar o'tkazishni talab qilmoqda. Politsiya norozilikni bostirishga urinib, 500 dan ortiq odamni hibsga olgan.