Human Rights Watch xalqaro tashkiloti Tojikiston hukumatini Tog’li Badaxshonda amalga oshirilayotgan operatsiyalarda inson huquqlarini hurmat qilishga undamoqda.
Huquq himoyasi bilan mashg’ul bu organ o'z bayonotida muxtoriyat poytaxti Xorug’da o’nlab odamlar nobud bo’lgani va jarohatlanganini qayd etadi.
“Vaziyat jiddiy xavotir uyg’otmoqda”,- deyiladi chaqiriqda.
“Har ikkala taraf aholi aziyat chekmasligi uchun chora ko’rishi kerak,” - deydi tashkilotning mintaqa bo'yicha bosh vakili Stiv Sverdlov, Tojikiston hukumat qo’shinlari hamda jangarilarni nazarda tutar ekan.
21-iyul kuni Tog'li-Badaxshon Milliy Xavfsizlik Qo'mitasi raisi general Abdullo Nazarovning o'ldirib ketilgani operatsiyaga turtki bergan edi.
24-iyul kuni rahbariyat hududga yuzlab askarlar, vertolyotlar va BTR harbiy avtomashinalarini yubordi.
Maqsad - Abdullo Nazarovni o’ldirganlikda gumon qilingan Tolib Ayombekov, sobiq jangari va yaqingacha Ishkashim chegara xizmati qo'mondoni bo'lgan shaxsni qo’lga olish. U boshliq to’da giyohvand moddalar, tamaki va qimmatbaho toshlarning noqonuniy savdosi bilan shug’ullnadi, deydi tojik rasmiylari.
Ayombekov qotillikda qo’li borligini inkor etmoqda. Uning tarafdorlari hukumat qo’shinlari bilan to’qnashdi va hududdan chiqib ketish imkonini talab qildi.
25-iyulda hukumat hujumlarni to’xtatib, taslim bo’lgan jangarilarga amnistiya va’da qildi. Bir kun o’tib yana to’qnashuvlar avj oldi, Ayombekov taslim bo’lishdan bosh tortdi. Uning qayerdaligi nom'alum.
Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, 17 askar, 30 jangari va tinch aholidan 20 odam halok bo’lgan. Boshqa manbalarda qurbonlar soni ko’proq.
Operatsiyalar aholi tinchligini buzmasligi, uning xavfsizligi ta’minlanishi shart, deyiladi Human Rights Watch bayonotida.
BMTning Huquq-tartibot organlari tomonidan kuch va qurol ishlatish haqidagi asosiy tamoyillariga ko’ra, politsiya kuch va o’qotar qurol ishlatishdan oldin barcha boshqa vositalarni qo’llashi kerak.
“Tog’li Badaxshonda qanchalik jiddiy jinoyatlar sodir etilmasin, hukumat ularga qarshi chora ko’rishda xalqaro huquq tamoyillariga rioya qilishi kerak, - deydi Sverdlov.