Eron 13-aprel kuni Isroilga qarata yuzlab dron va raketalar otdi. Ularning aksariyati Isroil mudofaa tizimlari, shuningdek, AQSh va boshqa davlatlar yordami bilan urib tushirilgan. Isroil rasmiylariga ko’ra, hujum natijasida ayrim joylarga, jumladan Nevatim harbiy bazasiga oz miqdorda zarar yetgan, o’lim qayd etilmagan.
AQSh rahbari Jo Bayden Yaqin Sharqda kengroq urush avj olishini bartaraf etish uchun Isroilni javob hujumidan tiyilishga chaqirmoqda. Tehron uning aprel boshida Suriyadagi elchixonasiga qilingan havo hujumi uchun qasos olganini bildirmoqda. Eron Isroilni ayblagan bu hujumda 12 kishi, jumladan bir necha harbiy maslahatchilar va generallar halok bo’lgan edi.
Facebook Forum