Breaking News

Eronda repper o'limga mahkum etilgani qoralanmoqda


O'limga mahkum etilgan repper Tumaj Solihiy
O'limga mahkum etilgan repper Tumaj Solihiy

Eronda repper Tumaj Solihiy o’limga mahkum etilgani mamlakatda ham, xalqaro sahnada ham keskin tanqidlarga sabab bo’lmoqda.

AQSh Vakillar palatasi a’zosi, demokrat qonunchi Adam Smit “Amerika Ovozi” bilan suhbatda deydiki, “Eron hukumati o’z xalqiga nisbatan qilayotgan ishlari halokatli”. Ikki hafta oldin islomiy respublikaga qo’shimcha sanksiyalar qo’ydik, deydi u.

Demokrat qonunchi Adam Smit
Demokrat qonunchi Adam Smit

“Eron o’zining totalitar bo’ysundirish mafkurasini yoymoqda, ayniqsa ayollarga nisbatan. Biz bunga va uning ittifoqchilariga, xusiylar, XAMAS va Hizbullohga qarshi turishimiz kerak”, - deydi Smit.

Tumaj Solihiy “yer yuzida korrupsiyani tarqatish”da ayblangan. Avvalroq u “Instagram” sahifasida hukumatga qarshi namoyishga qo’shilayotgan videosini, shuningdek, Eron hukumati 44 yillik “muvaffaqiyatsizligi” uchun qoralangan musiqiy videosini chiqargan edi.

“Tehrondagi rejim – diktatura, u o’z xalqiga zulm qilmoqda va buni biz har kuni ko’rib turibmiz. Eron xalqini qadrlaymiz, ammo respublikadagi diktatura ularni qurol bilan boshqarmoqda”, - deydi respublikachi kongressmen Jo Vilson.

Respublikachi kongressmen Jo Vilson
Respublikachi kongressmen Jo Vilson

“Bu rejim o’z xalqiga qarshi ko’p marotaba dahshatli va vahshiy xatti-harakatlarga qo’l urgan. U Eron xalqini, uning erkin va demokratik mamlakatda yashash istagini aks ettirmaydi”, - deydi floridalik qonunchi Kori Mills.

O’limga mahkum etilgan san’atkorning advokati Mustafo Nilining aytishicha, o’tgan yilgi sud jarayonida Tumaj Solihiydan “yer yuzida korrupsiyani tarqatish” ayblovi olib tashlangan, ammo u 2024-yil boshida e’lon qilingan amnistiyaga tushmagan.

Solihiy ustidan mahkama 19-aprel kuni Isfaxon shahridagi Inqilobiy gvardiya sudida o’tgan. Unga “yig’ilish va til biriktirish” va “isyonga ko’maklashish” ayblovlari qo’yilgan. Repper o’limga mahkum etilgani haqida uning advokatlari 24-aprelda xabar topgan.

Demokrat kongressmen Set Molton
Demokrat kongressmen Set Molton

“Asosiy inson huquqlari uchun kurashayotgan namoyishchilar bilan birgamiz. Erondagi boshqaruv – yovuz rejim. U o’z xalqini qo’llab-quvvatlamaydi. Rejim shunchalik zaifki, tandiqchilarini o’limga mahkum etadi”, - deydi yana demokrat kongressmen Set Molton.

Bir qancha xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMTning Haqiqat komissiyasi va BMTning Erondagi inson huquqlari bo’yicha maxsus ma’ruzachisi hukmni qoralab, san’atkorni zudlik bilan ozod etishga chaqirmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG