Breaking News

Xalqaro talabalar o'qish uchun Amerikani tanlamay qo'ygan


Amerikada o'qishga talabgorlar nega kamaymoqda?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:02 0:00

Amerikada o'qishga talabgorlar nega kamaymoqda?

Oxirgi o’n yilda Qo’shma Shtatlarda tahsil olayotgan xalqaro talabalar soni ko’payib borayotgan edi. Biroq o’quv yurtlari to’lovlari qimmatligi, immigratsiya bilan bog’liq tashvishlar, siyosatdagi irqiy ayirmachilik, jinoyatlar tufayli xorijlik talabalar boshqa davlatlarni tanlamoqda.

Bu borada AQShning raqobatchilari Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Yevropa va Xitoy. Bu davlatlarda o’qish uchun sharoit yaxshiligi, ayniqsa, narx borasida qulayligi talabalarni o’ziga jalb qilmoqda.

Tadqiqotlarga ko’ra, xalqaro talabalar Amerika universitetlarini emas, boshqa davlatlarda o’qishni afzal ko’rishining sababi AQSh universitetlarining qimmatligida.

“Oliy ta’lim boshqa davlatlardan ko’ra Amerikada qimmat ekani sir emas”, - deydi Amerika universiteti vitse-prezidenti Fanta Ou.

Gap faqat universitetlar narxida emas.

Xalqaro ta’lim instituti Amerikadagi jinoyatchilik haqidagi tasavvur va muhojirlarga qaratilgan siyosiy bayonotda ham sabab ko’radi.

“Indoneziyadanman. Osiyolik, uning ustiga musulmon bo’lganim uchun eng katta tashvishimiz shu. Ko’rinishim ham boshqacha. Bir qarashda amerikalik emasligim bilinadi. Avvallari Amerikada ochiqlik bor deb o’ylagan bo’lsam-da, kelib moslashish jarayonida qiyin vaziyatlarda qolaman”, - deydi indoneziyalik talaba Baxtiyor Romadxoniy Asral.

Boshqa davlatga borib o’qishni istayotganlar nazarida Kanada kabi davlatlar xorijlikdan kelish o’qishni istaganlar uchun ochiq. Xitoy, Hindiston, Filippin, Vyetnam, pokistonlik talabalar uch haftada viza olib bu mamlakatga keta oladi.

“Ma’lumotlarimizga ko’ra, bu davlatlar talabalari Kanadada o’qishga ko’proq qiziqadi”, - deydi Kanadaning AQShdagi elchisi muovini Kirsten Xilmen.

AQShga nisbatan Kanadada talabalar soni kamroq. Lekin immigratsiya borasida Kanadada imkoniyatlar yaxshiroq.

“Bakalavrni biritganimdan so’ng, uch yil qolib ishlashimga ruxsat berishdi. Darrov ishlarga topshirdim. Hisobchi bo’lib ishlay boshladim. To’liq bir yil ishlaganimdan so’ng, doimiy yashash uchun hujjat topshirishga erishdim”, - deydi Kanadaning Manitoba universiteti bitiruvchisi Masrur Xon.

Yangi Zelandiyada 130 ming xorijlik talaba o’qiydi. Mamlakat yanada ko’proq talabani jalb qilish harakatida.

“Talabalarimizning 50 foizga yaqini Xitoy va Hindistondan. Janubiy va Shimoliy Amerikadan, Yevropa, Yaqin Sharq va Janubi-Sharqiy Osiyodan ham talabalar kelib o’qisa qaniydi”, - deydi Yangi Zelandiya ta’limi markazidan Juliyan Ashbu.

Mutaxassislarga ko’ra, Amerika universitetlariga kirish qiyin bo’lsa-da, xorijlik talabalar, avvalo, Amerikaga kelib o’qishni istashadi.

“Faktorlarni to’g’ri qo’yish bilan har qanday davlat talabalarni jalb qila olishi mumkin. Masalan, Qo’shma Shtatlar to’g’ri omillarni yarata olsa, o’z maqomini tiklab, xorijiy talabalar uchun yana asosiy manzilga aylana oladi”, - deydi Xalqaro talabalar almashinuv dasturidan Meri Katerin Cheys.

Mutaxassisga ko’ra, universitetlar ingliz tilini o’rgatish darslari, talabalar tashkilotlari va aloqa dasturlarini taqdim etish orqali yanada ko’proq xorijliklarni o’ziga jalb qilishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG