Breaking News

AQSh generali: Afg’onistondagi qotillikda rahbariyatning ham aybi bor


A passenger waits for an Ooni of Ife train to arrive in Kano, Nigeria.
A passenger waits for an Ooni of Ife train to arrive in Kano, Nigeria.

AQShning Afg’onistondagi kuchlari qo’mondoni general Jon Allenning aytishicha, 17 nafar afg’on fuqarosining AQSh askari tomonidan o’ldirilishiga harbiy rahbariyatning loqaydligi ham sababdir.

AQSh harbiy kuchlari serjanti Robert Beyls qotillikda ayblanmoqda. Rasmiylarning aytishicha, ushbu jinoiy ish bo’yicha davom etayotgan tergov doirasida Beyls xizmat qilgan harbiy qism ham tekshiruvdan o’tkazilmoqda. Bu jinoyatning yuz berishida rahbariyatning loqaydligi ehtimoliy sabablardan biri bo’lishi mumkin, deydi tergovchilar.

General Jon Allen Afg'onistondagi vaziyat bo'yicha Kongressga hisobot bermoqda.
General Jon Allen Afg'onistondagi vaziyat bo'yicha Kongressga hisobot bermoqda.
Pentagonda general Allen shu haqda jurnalistlarga ma’lumot berdi. Uning aytishicha, Beyls sodir etgan qotilliklar, AQSh askarlari tomonidan Qur’onning yoqilishi va toliblar jasadining tahqirlanishi kabi so’nggi paytda ro’y bergan noxush hodisalar yuzasidan keng ko’lamli tekshiruv ishlari olib borilyapti.

“Bu ishlarning har birida rahbariyatning qaysidir darajada aybi bor”, deydi general.

Allen avvalroq Vashingtonda qonunchilar va boshqa yuqori lavozimli rasmiylar oldida Afg’onistondagi o’n yillik urushning samarasi va oqibatlari haqida so’roqqa tutildi. Mamlakat rasmiylari ushbu muammolarning asl sababi nimada ekanini bilishni xohlaydi.

Generalning aytishicha, aksariyat harbiylar Afg’onistonda o’z vazifasini muvaffaqiyatli bajarib kelmoqda.

“Afg’onistonda bir necha bor xizmat qilish va bundan oldin Iroqda ham bo’lish harbiy salohiyatimizga salbiy ta’sir ko’rsatmaydi”, deydi u.

AQSh harbiy kuchlari serjanti Robert Beyls 17 nafar afg’on fuqarosini o'ldirganlikda ayblanmoqda
AQSh harbiy kuchlari serjanti Robert Beyls 17 nafar afg’on fuqarosini o'ldirganlikda ayblanmoqda
Serjant Beyls avval uch marta Iroqda xizmat qilganidan so’ng, to’rtinchi bor Afg’onistonga yuborilgan. Ma’lumotlarga ko’ra, u Iroqdagi xizmati davrida miyasidan jarohat olgan.

General Allen bu masalaga ochiqlik kiritmadi. Beyls qotillikni sodir etishdan oldin harbiy qismda spirtli ichimlikni ko’p iste’mol qilgani haqida jurnalistlar so’ragan savol ham javobsiz qoldi.

Barcha masalalarga tergov ishlari yakun topgandan song aniqlik kiritiladi, dedi u.

AQSh harbiy kuchlari halok bo’lgan va yaralangan afg’onlar oilalariga tovon puli to’ladi. Qotillikda ayblanayotgan serjant Beyls hozirda Kanzas shtatidagi qamoqxonada saqlanmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG