Breaking News

Eron Ozarbayjondan elchisini chaqirib oldi


Eurovision-2012 logo
Eurovision-2012 logo

Eron Yevropadagi eng yirik musiqa konkursi - Yevrovideniyening qo'shni Ozarbayjonda o'tkazilishini tanqid qilgach, o'tgan hafta Bokuda yoshlar Eron elchixonasi yonida namoyishga chiqib, prezident Mahmud Ahmadinejod va Eron oliy diniy rahnamosi Oyatullo Xomeneiyning suratlarini ko'tarib, ularni mazax qilgan.

Tehrondagi ayrim diniy yetakchilar va qonunchilar Yevrovideniye paytida besoqolbozlar paradi rejalangan deb, musulmon davlatlarni bu tadbirni qoralashga chaqirdi. Biroq tashkilotchilarning ishontirishicha, Yevrovideniyeda hech qanday gey-parad bo'lmaydi.

Eron elchisi Muhammad Bag'ir Bahromiyni vataniga chaqirtirgan.

Ozarbayjon hukumati konkurs yordamida xalqaro imijini yaxshilashga intilmoqda. Biroq ayrim guruhlar undan mamlakatdagi huquqbuzarliklar haqida ovoz qilishda foydalanmoqchi. Kecha poytaxtda inson huquqlariga doir siyosatga qarshi odamlar namoyish qilgan. Bir nechtasi hibsga olingan.

Jahon bo'ylab Yevrovideniyeni 120 million odam tomosha qiladi. Ozarbayjon bilan Tog'li Qorabog' uchun olti yil urush qilgan Armaniston esa konkursni boykot qilib, qo'shiqchisini yubormagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG