Breaking News

Eron: Isroil Suriyaga qarshi hujumi uchun javob beradi


Isroil askari raketani nishonga oluvchi aslahani qo'riqlamoqda. Xayfa shahri yaqini, 28-yanvar, 2013-yil. Urush domiga tortilgan Suriya o'z kimyoviy quroli ustidan nazoratni boy beradigan bo'lsa, Isroil havo hujumiga o'tishga majbur bo'ladi, deydi Isroil mutasaddilari.
Isroil askari raketani nishonga oluvchi aslahani qo'riqlamoqda. Xayfa shahri yaqini, 28-yanvar, 2013-yil. Urush domiga tortilgan Suriya o'z kimyoviy quroli ustidan nazoratni boy beradigan bo'lsa, Isroil havo hujumiga o'tishga majbur bo'ladi, deydi Isroil mutasaddilari.
Eron Milliy xavfsizlik kengashi rahbari Said Jaliliyning aytishicha, Isroil Suriyaga qarshi agressiyasi uchun javob beradi.

Bugun Damashqqa safar qilgan Jaliliy so’zlariga ko’ra, musulmon dunyosi Suriyani qo’llab-quvvatlaydi.

AQSh va ittifoqchi davlatlarning izohicha, o’tgan hafta Isroil harbiy samolyotlari Suriyadagi reydda Livanning Hizbulloh guruhi uchun qurol-aslaha eltayotgan mashinalar karvonini nishonga olgan.

Isroil Mudofaa vaziri Ehud Barak kecha Myunxendagi xavfsizlik anjumanida qilgan chiqishida “bu amaliyot Isroil Livanga og’ir qurol-yarog’ ta’minotini to’xtatish qarorida qat’iy ekanini ko’rsatadi”, degan.

Yahudiy davlati rasmiysi shu tariqa reydni Isroil amalga oshirganiga ishora qilmoqda. Shu paytgacha bu yurt rasmiylari operatsiya haqida sukutda edi.

Suriya mutasaddilari so’zlariga ko’ra, havo hujumida qurol ortilgan karvon emas, balki Damashq yaqinidagi Jamraya harbiy tadqiqotlar markazi o’qqa tutilgan.

Prezident Bashar al-Assad Isroilni Suriyadagi ahvolni ataylab izdan chiqarishga urinayotganlikda ayblab, Suriya armiyasi har qanday agressiyani qaytara oladi, dedi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG