Breaking News

Netanyaxu Eronning muloyim gaplariga uchmaslikka undadi


A horse is silhouetted against the morning sky on a meadow in Luehnde near Hannover, northern Germany.
A horse is silhouetted against the morning sky on a meadow in Luehnde near Hannover, northern Germany.
Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bugun Oq uyda AQSh prezidenti Barak Obama bilan uchrashdi. Ikkisi Eron masalasida ham to’xtalgan.

Obama va Eron yangi prezidenti Hasan Ruhoniy yaqinda telefonda gaplashib, 35 yillik diplomatik sukutga barham bergan edi.

Netanyaxu nazarida Eronning muloyim so’zlariga uchishga shoshmagan ma’qul. Isroil bosh vaziri Obamani Tehronni yadroviy dastur borasida siquvga olishda davom etishga undadi.

Netanyaxuning so’zlariga ko’ra, Tehron xalqaro sanksiyalardan qutulib, yadro bombasini yasash uchun ko’proq vaqt yutmoqchi.

Tehron yadroviy izlanishlarini tugatishi, aks holda qo’shimcha jazo choralariga uchrashi shart, deydi Isroil bosh vaziri. Eron shu paytgacha bir necha xalqaro sanksiyalar bilan jazolanib, iqtisodiyoti oqsab keladi.

Oq uyning bildirishicha, Obama Isroilning xavotirlarini tushunadi, ammo Ruhoniyning takliflarini tinglashga tayyor.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG