Breaking News

Eron bilan muzokaralarning navbatdagi bosqichi qiyin kechishi kutilyapti


Tehrondan 190 km. janubi-g'arbda joylashgan Arak plutoniy zavodi, 15-yanvar, 2014-yil.
Tehrondan 190 km. janubi-g'arbda joylashgan Arak plutoniy zavodi, 15-yanvar, 2014-yil.
Eron yadro dasturi yuzasidan xalqaro muzokaralar davom etmoqda. Muloqot ishtirokchilari oldida turgan navbatdagi maqsad - yadroviy tadqiqotlarni faqat tinch yo’llarda foydalaniladigan dasturga aylantirish.
Tehron bilan muzokaralar, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:55 0:00
Yuklab oling
Xalqaro muzokarachilar 20-yanvardan boshlab olti oy ichida Eron bilan so’nggi kelishuvga erishish niyatida.

Muloqotning birinchi bosqichida Eron o’z dasturini yarim yil muddatga to’xtatib turishga rozi bo’lgan edi. Ayni paytda xalqaro hamjamiyat ham Tehronga nisbatan jazo choralarini yumshatishga rozi bo’lgan.

Global xavfsizlik jamg’armasining Eron bo’yicha mutaxassisi Joel Rubin ikkinchi bosqichning avvalgisidan ko’ra ancha murakkab kechishini ta’kidlaydi.

“G’arb Eronga sentrifugalar soni va uran boyitishni kamaytirish bo’yicha talablar qo’yadi. Arak plutoniy zavodini faqat tinch maqsadlar yo’lida foydalanish mumkin bo’lgan inshootga aylantirish sharti ham bor. Eron yadro dasturining harbiy jihatlari ham muhokama qilinadi. Bu og’ir jarayon. Ikkinchi tomondan esa Eron xalqaro sanksiyalarning bekor qilinishini talab qiladi”, - deydi tahlilchi.

Muvaqqat kelishuv bo’yicha Erondagi yadro inshootlarini tekshirish uchun Atom energiyasi bo’yicha xalqaro agentlikka mislsiz vakolatlar berilgan.
Keng qamrovli kelishuv ishlab chiqish uchun bu juda muhim, deydi Rubin.

“Eron bilan erishiladigan kelishuv ishonch asosiga qurilmaydi. Hech kimda bunga umid yo’q. Kuzatuvchilar kelishuvning har bir qismini tasdiqdan o’tkazishi kerak. Ular Erondagi inshootlarni har kuni tekshira olishi kerak”, - deydi u.

Qurol nazorati uyushmasi tahlilchisi Greg Telman esa kelishuvga erishishda ishonch juda muhim ekanini aytadi.

“Tomonlarning yaxshi niyat bilan kelishuvga rioya qilishiga har ikki tomonda ham ishonch yo’q. Kelasi olti oy ichida berilayotgan bu va’dalar amalga oshadimi yoki yo’qmi, shular tekshiriladi. Ammo so’nggi bitimga imzo qo’yilishi uchun tomonlarda ishonchning kuchli bo’lishi katta ahamiyatga ega”, - deydi u.

Telmanning aytishicha, ishonchsizlikka qaramay, har ikki tomon ham muzokaralarning muvaffaqiyatli tugashini istaydi.

G’arb Eron bilan muloqot olib borar ekan, ayrim AQSh senatorlari Eronga qarshi jazo choralarini kuchaytirishga chaqirmoqda. Iyul oyida Vakillar Palatasi Tehronga qarshi keskinroq moliyaviy sanksiyalar qo’llash haqida qonun qabul qilgan edi. Ayni masala endi Senatda ham ko’rib chiqilishi kutilmoqda.

Prezident Barak Obama bunday qonunlarga veto qo’yishini aytmoqda. U va boshqa rasmiylar fikricha, Tehron bilan muzokaralar davom etayotgan paytda yangi sanksiyalarning e’lon qilinishi muloqotning beliga tepadi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG