Breaking News

AQSh va Eron yadro bitimi bobida bir fikrga yaqinlashmoqda


AQSh va Eron rasmiylari Lozannada muzokara qilmoqda, Shveysariya, 17-mart, 2015-yil
AQSh va Eron rasmiylari Lozannada muzokara qilmoqda, Shveysariya, 17-mart, 2015-yil

Eron yadro dasturi rahbari Ali Akbar Solihiyning aytishicha, Eron rasmiylari AQSh va boshqa davlatlar bilan Shveysariyada kechgan muzokaralarda aksariyat masalalar bo'yicha kelishib olgan. Gap Tehron atom dasturi haqida ketyapti.

Solihiyga ko'ra, hal etilmagan bir mavzu qolgan, tomonlar bugungi muloqot chog'ida unga yechim topishga harakat qildi. Eron rasmiysi mavzu nimadan iborat ekanini aytmadi.

Kecha Lozanna shahrida uchrashgan AQSh Davlat kotibi Jon Kerri va Eron Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif bugun yana ko'rishgan. Kerrining kechagi muloqotdan oldin aytishicha, texnik masalalarda kelishmovchiliklar kamroq, farqlar ko'proq siyosiy.

Xalqaro muzokaralarda qatnashayotgan olti davlat Erondan yadro dasturi tinch maqsadlarga qaratilganiga kafolat so'ramoqda. Evaziga Tehrondan iqtisodiy sanksiyalarni olib tashlash va'da qilingan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG