Breaking News

Kerri: Respublikachi senatorlar Eronga maktub yo'llab katta xato qildi


Sharm al-Shayx, Misr, 14-mart, 2015
Sharm al-Shayx, Misr, 14-mart, 2015

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri nazarida 47 respublikachi senator Obama ma'muriyati bilan maslahatlashmay, u olib borayotgan muzokaralarga ko'z yumgan holda Tehronga maktub yo'llashi davlat tashqi siyosatini buzishdir.

Kerri Misrda o'tayotgan anjumanda bugun bu haqda gap ochdi.

Eronga Kongressdan yo'llangan maktub islomiy respublikani AQShning kelasi prezidenti Vashington bilan hozir erishilgan har qanday kelishuvni bekor qilishi mumkin deya ogohlantiradi. Kongressda respublikachilar hukmron ekan, ular hozir ham murosaga yo'l qo'ymasligi mumkin, deyiladi xatda.

Obama ma'muriyati esa Tehron bilan muzokaralar davom etadi va yaqin orada kelishuvga erishish uchun imkoniyat bor, deya ta'kidlashda davom etmoqda. Oq uy Kongress tutgan yo'ldan g'azabda, biroq harakatdan to'xtash yo'q, deydi rasmiylar.

Amerika va yana besh davlat - Britaniya, Xitoy, Fransiya, Germaniya va Rossiya - Eron bilan ertaga Shveytsariyada bir davraga yig'iladi.

Kerri deydiki, Kongress qanchalik ogohlantirmasin, AQSh va Eron murosa qila olsa, bundan har ikki davlat foyda ko'radi va bunga qonunchilar ta'sir qila olmaydi.

Tehron agar uranni boyitish ishlarini to'xtatsa, ayrim sanksiyalar bekor qilinib, unga iqtisodiy yordam ko'rsatiladi. G'arb taklifi shu.

Respublikachilar nazarida esa Eronga ishonch yo'q.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG