Breaking News

Oyatulla: AQSh Eronga tuhmat qilmoqda


Bir paytlar AQSh elchixonasi joylashgan bino devorlarida bugun bu davlatni qoralovchi chizgilar... Tehron, 12-oktabr 2011. Ikki mamlakat 1979-yildan beri dushman.
Bir paytlar AQSh elchixonasi joylashgan bino devorlarida bugun bu davlatni qoralovchi chizgilar... Tehron, 12-oktabr 2011. Ikki mamlakat 1979-yildan beri dushman.

Eron oliy peshvosi Oyatulla Ali Hominiy fikricha AQShdan yog’ilayotgan ayblovlar - tuhmat.

Islomiy respublika Saudiya Arabistonining Vashingtondagi elchixonasini portlatib, elchini alohida bir joyda o’ldirmoqchi bo’lgan degan da’vo, deydi oyatulla, asossiz va mantiqsiz.

AQSh hukumati esa Eron maxfiy agentlari olib borgan ishlar haqida yetarli dalil-isbot bor deya qayd etmoqda.

Oyatulla Ali Hominiy
Oyatulla Ali Hominiy

Inqilobiy Gvardiya bilan aloqador shaxs xatti- harakati bir necha oy kuzatilgan va ma’lumot to’plangan, deydi Adliya vaziri Erik Xolder. 29-sentabrda hibsga olingan Mansur Arbobsiar hammasini tan oldi, deydi u.

AQSh-Eron rasmiylari orasida bu hafta kechgan bevosita muloqotda Vashington diplomatlari keskin norozilik bildirib, islomiy respublika xalqaro qonunlarni buzgan deb aytgan.

Eron tomon ayblovlarni bu uchrashuvda ham inkor etgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG