Breaking News

Amerika razvedkasi: Eron yadro quroli ustida ishlaganini isbotladik


Eronning Isfaxon yaqinidagi uranni boyitish zavodi
Eronning Isfaxon yaqinidagi uranni boyitish zavodi

AQSh matbuotiga ko'ra, bu davlat razvedkasi Eron yadro quroli texnologiyasi ustida ishlaganini isbotlovchi dalillarni BMTning Atom energiyasi bo'yicha xalqaro agentligiga uzatgan.

"Vashington Post" gazetasining yoritishicha, ushbu ma'lumotlarni G'arb diplomatlari va yadro sohasidagi mutaxassislar ko'zdan kechirib, Eron xorijiy olimlar yordamida bu borada muayyan ishlarni amalga oshirganiga amin bo'ldi.

BMT agentligi shu hafta Eron yadro dasturi bo'yicha so'nggi hisobotini chop etishi kutilmoqda. Islomiy respublika diniy rahnamolaridan biri, Oyatullo Ahmad Xotamiy hujjatni yolg'onga to'la, deya boshqarma rahbari Yukiya Amanodan uni chop etmaslikni so'ragan.

Eron yadro quroli ustida ishlayotganini inkor etib, atom energiyasi elektr quvvati olish va tibbiyot uchun zarur, demoqda.

Prezident Mahmud Ahmadinejodning aytishicha, AQSh va Isroil Eron yadro inshootlariga qarshi hujumga tayyorlanmoqda. Misr matbuotiga bergan intervyusida Ahmadinejod bunga yo'l qo'ymaymiz, degan.

"Eronning tobora oshib borayotgan harbiy salohiyati AQSh va Isroilni xavotirga solmoqda", - deydi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG