Breaking News

AQSh, Yevropa Ittifoqi Eronga qarshi yangi sanksiyalar qo'yishi mumkin


Eron qurolli kuchlari Afg'oniston bilan chegaradosh hududda mashqlar boshlagan
Eron qurolli kuchlari Afg'oniston bilan chegaradosh hududda mashqlar boshlagan

Vashington Eronga qarshi yangi sanksiyalar qo’yish ustida o’ylamoqda. Maqsad - bu davlatni yanada yakkalash va uni global iqtisodiy tizimdan uzish.

Chet el kompaniyalariga Eron neft inshootlariga sarmoya olib kirishni man etish masalasi muhokamada. Kompaniyalar bu taqiqqa bosh egmasa, ularning AQShdagi faoliyati cheklanadi.

Eronning yonilg’i va kimyoviy sanoatini imkoniyatlardan ayiruvchi mana shunday sanksiya Yevropa Ittifoqi tomonidan joriy etilishi kutilmoqda.

Tom Donilon, davlat xavfsizligi bo'yicha prezident maslahatchisi
Tom Donilon, davlat xavfsizligi bo'yicha prezident maslahatchisi

Oq Uy nazarida Xitoy va Rossiya Eron atom dasturi yuzasidan qanchalik betashvish ko’rinmasin, aslida bu davlatlar ham uning yadroviy faolioyatini yaqindan kuzatib kelmoqda va xavotirda.

Islomiy respublika atom qurollariga ega bo’lsa, bu avvalo uning atrofidagi mamlakatlar tinchligiga raxna soladi, deydi prezident Barak Obamaning davlat xavfsizligi bo’yicha maslahatchisi Tom Donilon.

Xalqaro atom agentligi bergan hisobotga ko’ra, Eron yadroviy qurol ustida ishlashga harakat qilgan.

Ali Asg'ar Sultoniy, Eronning xalqaro atom agentligidagi vakili
Ali Asg'ar Sultoniy, Eronning xalqaro atom agentligidagi vakili

Bu davlat yuqoridagi ayblovlarni rad etadi. Eron maxsus vakili Ali Asg’ar Sultoniy deydiki, atom dasturi davom ettiriladi va buni xorijiy bosim to’xtata olmaydi.

Maqsad yadroviy energiya ishlab chiqarishni takomillashtirish, deydi u.

Eron qurolli kuchlari bu orada Afg’oniston bilan chegaradosh hududda mashqlar olib bormoqda.

Bu amaliyotlar tashqi dunyo xurujiga tayyor turishni ko'zlaydi, deya yoritmoqda davlat matbuoti.

Amerika Eronga nisbatan qurolli chora ko’rilmaydi deb qayd etmoqda, lekin Isroil o’zini himoya qilishga tayyor. Eron, deydi yahudiy hukumati birinchi raqamli dushman.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG