Breaking News

Iroq armiyasi Mosulni qayta egallash harbiy amaliyotini boshladi


Iroq armiyasi kurd qurolli kuchlari quvvatlovida Mosul shahri uchun hal qiluvchi jangga kirishdi. Shahar o'tgan yildan buyon "Islomiy davlat" ekstremistlar to'dasi nazoratida qolayotgan edi.

Harbiy operatsiya boshlangani haqida Iroq televideniyesi e'lon qildi.

Amaliyot kurd jangchilarini "Islomiy davlat"dan ajratib turadigan Mahmur harbiy bazasidan olib borilmoqda. So'nggi haftalarda bu hududda Mosul jangi uchun tayyorgarlik ko'rilayotgan edi.

Peshmerga kuchlari generali Husayn Nuraldinning "Amerika ovozi"ga aytishicha, Iroqning AQSh tayyorgarligidan o'tgan 15-diviziyasi amaliyotga boshchilik qilmoqda.

Jangovar harakatga sunniy qabilalari ham jalb etilgan. "Islomiy davlat" jangari guruhini yengishda ularning ishtiroki muhim ekani aytiladi.

Kurdlar bu amaliyotda, asosan, yordamchi kuch vazifasini bajarmoqda, deydi peshmerga generali.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG