Iroq shimolidagi Sinjar shahri yaqingacha "Islomiy davlat" qo'lida edi. O'tgan yili bostirib kirgan bu yovuz kuch asosan yazidiylar yashagan bu maskanda minglab erkaklarni qatl etgan. Xotin-qizlarni zo'rlab qul qilgan, unga qarshi chiqqanlarni vahshiy tarzda o'ldirgan. Keksalar va bolalarni ham yoppasiga yo'q qilib, ommaviy qabrlarga ko'mgan. Sinjar vayrona. Hammayoqdan o'lim isi keladi. Aholi yo halok bo'lgan yo qochib ketgan. Minglab ayollar hamon "Islomiy davlat" iskanjasida. "Amerika Ovozi" Sinjarni ko'zdan kechirdi.