Breaking News

Iroq hukumati sunniylarni urushga jalb etmoqda


AQSh askarlari Iroq armiyasi bilan mashq o'tkazmoqda. 27-may 2015-yil
AQSh askarlari Iroq armiyasi bilan mashq o'tkazmoqda. 27-may 2015-yil

Shia va sunniylar hamda arab va kurdlar o'rtasida siyosiy janjalga sahna bo'layatgan Iroqda yana bir bor Sunniylar uyg’onishi boshlanadimi? O'zini “Islomiy davlat” deb targ'ib qilayotgan jangari guruhga qarshi kurashga hozir ko’p sonli sunniylar armiyasi qo’shildi.

AQSh Mudofaa vazirligining Iroq hukumati bilan ishlagan yuqori lavozimli rasmiysi “Amerika Ovozi”ga Iroq 6000 sunniy jangchini safarbar qilganini aytdi. Bu esa “Islomiy davlat” guruhi bilan kurashda sezilarli kuch hisoblanadi.

Rasmiylarga ko’ra, yangi jangchilarning yuzlab nafari hozirda Iroq xavfsizlik xizmati rahbarligida Bag’doddan qariyb 75 kilometr naridagi al-Taqaddum aviabazasida mashq o’tamoqda.

Brukings tadqiqotlar instituti tahlilchisi Maykl O’xanlonning aytishicha,sunniy kuchlarni himoya qilish bu to’g’ri strategiya.

“Ushbu 6000 jangchi bir yoqadan bosh chiqarib, ishlashga tayyor. Shunisi muhim. Zo’r treningdan o’tmasa ham, ularning jangovar armiyaning bir qismi bo’lishi katta ahamiyatga ega,” - deydi tahlilchi.

Xavfsizlik bo’yicha mutaxassislar esa sunniy jangchilarni darhol safarbar qilmay, bu masalani bir necha oy cho’zgani uchun markaziy Iroq hukumatini tanqid qilmoqda. Ular, shuningdek, sunniylar uchun mashqlar ko’lami yetarli emas, tartib-intizom ham oqsamoqda, deydi.

Biroq AQSh rasmiylari ko’p sonli yangi armiyani birdamlik ramzi deb olqishladi.

Maykl Vays “Islomiy davlat: Terror armiyasi ichida” nomli kitob muallifi. G’arb rasmiylari sunniylarning ikkinchi uyg’onishiga umid qilmoqda, deydi u. So’nggi Iroq urushida sunniy qabilalar al-Qoidaga qarshi kurashga qo’shilib, birlashgan edi. Mutaxassislar buni "sunniylar uyg’onishi" deb ataydi. Lekin o’shandan beri Iroq ancha beqarorlashdi.

“Menimcha, Iroqning faqat nomi qoldi, xolos. AQSh esa yagona davlat g’oyasini boy bergisi yo’q. Vaholanki bunday davlatning o’zi qolmadi,” - deya fikr bildiradi Vays.

Muallif Maykl O’Xanlon esa “Islomiy davlat”ga qarshi kurashda sunniy qabilalar ishtirokisisiz g’alabaga erishib bo’lmaydi, ular armiya yoki politsiya yoxud Milliy gvardiya tarkibiga kirishi kerak, degan fikrda

Mutaxassisning aytishicha, 6000 jangchining safarbar etilgani koalitsiya katta emasligidan darak. Vaholanki birinichi Sunniy uyg’onishida bundan-da ko’proq jangchilar qatnashgan edi.

“O’shanda ular soni 50.000 ga teng yoki shunga yaqin edi. 6000 jangchi qanday yaxshi va malakali bo’lmasin, yetarli emas. Ammo harholda bu jarayonning boshlanishi,” - deydi u.

Kuzatuvchilar fikricha kelajakda barpo etiladigan har qanday qo'shin Iroq armiyasini ham o’z ichiga olishi kerak.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG