Iroq shimolida "Islomiy davlat" to'dasi kurdlarning peshmerga jangchilariga hujum qilib, natijada Amerika maxsus xizmati xodimi nobud bo'lgan.
Mutaxassis Musulda pehmerga jangchilariga maslahat va treninglar bilan yordam berib kelayotgan edi, deydi Pentagon matbuot kotibi Piter Kuk.
Hujum paytida askar qattiq jarohatlanib, hududdan ko'chirilgan, biroq ko'p o'tmay jarohatlaridan jon bergan.
Iroqda 2014-yilda Amerika boshliq koalitsiya "Islomiy davlat" guruhiga qarshi jangga kirishganidan beri AQSh uchinchi askarini yo'qotishi.
Jangarilar seshanba ertalab Musul va uning tevaragida kurdlarning manzillarini har tomondan nishonga ola boshlagan. Radikal to'da ham og'ir qurollar, ham suiqasd hujumchilarni ishga solmoqda.
Amerika o'z navbatida shahar yonida "Islomiy davlat" manzillari, mashina va qurol omborlarini bombardimon qilmoqda.