Breaking News

AQShdan Iroqqa 205 million dollarlik ko'mak


Iroq Bosh vaziri Haydar al-Abadiy Oq uyda AQSh rahbari Barak Obama bilan, 14-aprel, 2015
Iroq Bosh vaziri Haydar al-Abadiy Oq uyda AQSh rahbari Barak Obama bilan, 14-aprel, 2015

Iroq ekstremizmga qarshi kurashda AQShdan katta miqdorda harbiy yordam so'ramoqda. Oq uy esa 205 million dollarga teng gumanitar ko'mak yetkazishga qaror qilgan. Ikki davlat rahbarlarining Vashingtondagi uchrashuvi ketidan harbiy madad haqida ochiq hech narsa deyilmadi.

AQShdan Iroqqa 205 million dollarlik ko'mak - Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:19 0:00

Iroq Bosh vaziri Haydar al-Abadiy deydiki, uning mamlakati terrorizmga qarshi asosiy kurash maydoniga aylangan. "Islomiy davlat" dek yovuz va qonxo'r kuchni yengish uchun ko'proq yordam zarur.

"Biz, Iroq xalqi, terroristlar bilan tunu-kun urushdamiz. Terrorizm nafaqat Iroq, balki butun mintaqa va dunyoga tahdid solmoqda. Xalqaro hamjamiyat bizni faqat so'zda emas, amalda ham qo'llashi kerak. Bizda xazina qurib bitgan".

Avgust oyidan beri AQSh boshliq koalitsiya Iroqda "Islomiy davlat" ni 2000 ga yaqin marta nishonga olgan.

Amerikaning 3000 zobiti hozir bu mamlalatda xizmatda. Ularning vazifasi Iroq qurolli kuchlarini tayyorgarlikdan o'tkazish. Prezident Barak Obama piyoda askar yubormoqchi emas.

Iroq armiyasi so'nggi oyda "Islomiy davlat" dan ulkan hududlarni tortib oldi. Tikrit shahri uchun bir oy kurashdi. "Islomiy davlat" hozirda ikki viloyatni boshqarmoqda - Nineva va Anbar.

Prezident Obama fikricha Iroq harbiy jihatdan ancha oyoqqa turib olgan va Amerika bu boradagi yordamni to'xtatmaydi. "Islomiy davlat" egallagan hududlar astalik bilan bo'lsa-da, albatta qaytib olinadi, deydi Obama.

Bag'dodga qurol uzatiladimi degan savolga prezident javob bermaydi. Muzokara ketmoqda va aloqa uzluksiz, deydi u.

Iroq va Eron "Islomiy davlat" ga qarshi hamkorlik qilmoqda. Amerika nazarida bu bir jihatdan ijobiy, boshqa tomondan esa qo'shni davlat harbiy amaliyotlarga qo'shilishi vaziyatni murakkablashtiradi.

"Biror bir davlat Iroq bilan kelishmay turib, o'zicha bu mamlakat hududida harbiy harakat olib bormasligi lozim",- deydi Obama. "Iroq suveren davlat va o'z hududini o'zi nazorat qiladi".

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG