Breaking News

AQSh Iroqdagi jangda askaridan ayrildi


Serjant Joshua Viler Iroq shimolidagi reyd paytida halok bo'lgan.
Serjant Joshua Viler Iroq shimolidagi reyd paytida halok bo'lgan.

Amerika Mudofaa vazirligining bildirishicha, Qo'shma Shtatlar Iroqda jangovar amaliyotlarda qatnashmayapti.

Holbuki, yaqinda Kirkukdagi maxsus operatsiya paytida Amerika maxsus kuchlari va kurd jangchilari taxminan 70 odamni, jumladan, 22 nafar iroqlik askarni "Islomiy davlat" qo'lidan ozod qilgan edi. Bu reyd paytida amerikalik harbiy nobud bo'lgan.

Pentagon matbuot kotibi Piter Kukning aytishicha, bu reyd favqulodda ravishda amalga oshirilgan.

"Kurdiston hukumatining iltimosi bilan jangga kirdik. Qo'shma operatsiya natijasida odamlarni o'limdan qutqarib qoldik", - deydi u. "Islomiy davlat"ning qamog'ida qolayotgan bu asirlar ommaviy qatl etilishi mumkin edi.

Kurd jangchilari Iroq shimolidan "Islomiy davlat" jangarilarini siqib chiqarishga muvaffaq bo'lmoqda. Ularga mana bir yildirki Amerika boshchiligidagi koalitsiya yordam berayapti.

"Islomiy davlat"ga qarshi kurash boshlanganidan bir yil o'tib...
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:50 0:00

"Islomiy davlat" yazidiylarni qirmoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:53 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG