Breaking News

Isroil minglab askarlarini G’azo chegarasiga safarbar etdi


Jangovar harakatlarning beshinchi kunida Isroil G’azo sektorini tunda artilleriya va samolyotlar bilan bombardimon qildi.

Isroil armiyasining bildirishicha, harbiy amaliyotda quruqlikdagi kuchlar ham qatnashmoqda, biroq ular avvalroq xabar qilinganidek G’azoga kirgani yo’q. Tungi hujumlar XAMAS nazorati ostidagi anklavda tunnellarni nishonga olgan.

2014-yildan buyon eng qonlisi deya ta’riflanayotgan zo’ravonliklarda hozirgacha G’azoda 120 kishi, Isroil tomonda 8 odam halok bo’lgan. Kuni-kecha Isroil 10 mingga yaqin zaxiradagi askarlarini va tanklarni G’azo chegarasiga safarbar etdi.

Falastinliklar yana bir amaliyot boshlanadi deya uy-joylarini tark etmoqda.

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahuning ta’kidlashicha, XAMASga qarshi operatsiya qancha kerak bo’lsa, shuncha davom etadi.

Bu orada, Isroilning yahudiylar va arablar birgalikda yashovchi mahallalarida ham to’qnashuvlar kuzatilmoqda. Isroil prezidenti fuqarolik urushiga yo’l qo’ymaymiz, deya ogohlantirdi. O’tgan ikki kun ichida 400 kishi hibsga olingan. Isroil aholisining 21 foizi arablar.

Vaziyatni tinchlantirish uchun Jisr al-Zarqa va Lod shaharlariga harbiy politsiya safarbar etilgan.

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Isroil va XAMASni sulhga chaqirmoqda. BMT Xavfsizlik Kengashi a’zolari yakshanba kuni uchrashib, masalani muhokama qiladi.

Xitoy kengash majlisi qoldirilgani uchun AQShdan tushuntirish talab qilmoqda. Vashingtonga ko’ra, diplomatik harakatlar allaqachon avjida. Xitoy, Norvegiya va Tunis Yaqin Sharqdagi vaziyatni Xavfsizlik Kengashida bugun muhokama qilish talabi bilan chiqqan edi.

Xalqaro hayot – 14-may, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:05 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG