Isroil va Falastin rasmiylari o’zaro ixtiloflarni kamaytirish yuzasidan kelishuvga erishish maqsadida yana bir bor uchrashdi.
AQSh Davlat departamenti so’zlovchisi Jen Psakining aytishicha, tomonlarning iltimosiga binoan, uchrashuvni tashkil qilishda AQSh vositachilik qilgan.
"Kelishmovchiliklar hanuz mavjud, ammo har ikki taraf ularni kamaytirish maqsadida qat'iy", - dedi Psaki.
So’nggi muloqot doirasida Falastin va Isroil muzokarachilari ikki kun davomida ketma-ket ikki marta uchrashgan. 6-aprel kuni o’tgan birinchi uchrashuv “jiddiy va konstruktiv” ruhda o’tdi, deya xabar beradi AQSh rasmiysi.
Tinchlik muzokarlarini aprel oxirigacha belgilangan muddatdan keyin ham davom ettirish bo’yicha AQSh vositachiligida olib borilgan muloqot o’tgan hafta Isroil bir guruh falastinlik mahbuslarni ozod etish bo’yicha bergan va’dasining ustidan chiqmagach to’xtab qolgan edi. Ayni paytda Falastin Birlashgan Millatlar Tashkilotida boshlagan mustaqil davlat sifatida ro’yxatdan o’tish da'vosini qayta jonlantirmoqda.
Muzokaralar boshi berk ko’chaga kirishidan hafsalasi pir bo’lganini yashirmagan AQSh Davlat kotibi Jon Kerri bundan buyon o’zaro aloqalarda AQSh o’z vositachilik vazifasini qayta ko’rib chiqishini ma’lum qildi.