Breaking News

Isroil “Hizbulloh” bilan sulh taklifini rad etdi


Bayrut shahri Isroil hujumidan so'ng
Bayrut shahri Isroil hujumidan so'ng

Nyu-Yorkda dunyo rahbarlari BMT minbaridan turib Bosh Assambleyaning 79-yillik sessiyasi ishtirokchilariga murojaat etmoqda. Payshanba kuni so’zga chiqqan Falastin Prezidenti Mahmud Abbos iliq qarshilandi.

Xalqaro hayot - 27-sentabr, 2024-yil - Zelenskiy Bayden bilan ko’rishdi, qo’shimcha yordam oldi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:51 0:00

“Yuzlab falastinlik oilalar qirildi. Ayrimlari butunlay yo’q bo’lib ketdi. Minglab odam tarqalayotgan kasalliklardan, epidemiyadan, dori va suv yetishmovchiligidan o’ldi”, - dedi Abbos.

Falastin rahbari XAMASni tilga olmadi, ammo 7-oktabr kuni XAMASning Isroilga hujumiga ishora qilib, tinch aholining o’limini qoralashini aytdi, qamoqdagi barcha odamlarning ozod etilishiga chaqirdi, dunyo hamjamiyatini urushga chek qo’yishga yordamga da’vat etdi.

“Bu jinoyatni bas qiling! Ayollar va bolalarni o’ldirishni bas qiling. Qatliomni to’xtating. Isroilga qurol yuborishni bas qiling. Bu telbalik davom etishi mumkin emas”, - dedi u.

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu dushman davlatlar Isroilni yo’q qilishga harakat qilayotganini, o’zini ulardan himoya qilayotganini, shunga qaramasdan tinchlikni istashini aytdi, Eron yadro dasturiga qarshi chora ko’rishga chaqirdi.

Ayrim delegatsiyalar uning nutqi boshlanmasidan zalni tark etdi.

Isroil harbiy-havo kuchlari qo’mondoni Tomer Bar Eronning “Hizbulloh”ga qurol uzatish harakatlariga yo’l qo’ymasligini bildirdi.

"Nasrulloh Eron yordamiga ishonyapti”, - deydi general harakat yo’lboshchisini nazarda tutarkan.

Isroil zarbalarida “Hizbulloh”ning yuqori lavozimli qo’mondonlari o’lishda davom etmoqda.

AQSh va Fransiya diplomatlari ziddiyatlarga barham berish uchun vaqtincha otashkesim taklif etdi.

“Urushni boshlash shart emas. Diplomatik yechimga imkon bor. So’nggi kunlarda amerikalik hamkorlarimiz bilan fikr almashib, muzokaralarga yo’l ochish uchun 21 kunlik sulhga erishishga harakat qilyapmiz”, - dedi Fransiya Tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro.

Livan Tashqi ishlar vaziri Abdulla Buhabib Isroil va “Hizbulloh”ning otashkesimga kelishishiga umid bildirdi.

"Xalqimiz va farovonligimiz tahdid ostida. Xalqaro hamjamiyat ushbu vaziyatga e’tibor qaratishi kerak, aks holda vaziyat izdan chiqib, domino effektiga olib keladi va so’ng mojaroni to’xtatib bo’lmaydi”, - dedi Livan vaziri.

Isroil otashkesimga da’vatlarni rad etdi. Dushanba kunidan beri Isroil hujumlaridan Livanda 1500 dan ziyod odam o’lgan.

Germaniya Tashqi ishlar vazirasi Annalena Berbok uning mamlakati Falastin va Isroil yonma-yon tinchlikda yashashi uchun siyosiy yechim topishda davom etishini aytdi.

“Falastinliklar tinchlikda yashasa, isroilliklarda ham tinchlik bo’ladi”, - dedi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG