Breaking News

Quddusda arablar besh kishini o'ldirdi


Isroil politsiyasining bildirishicha, ikki falastinlik Quddus shahrida sinagogaga hujum qilib, besh kishini o'ldirgan, oltisiga jarohat yetkazgan. Arablarning qo'lida pichoq va to'pponcha bo'lgani aytiladi.

Qurbonlardan uch nafarida AQSh va Isroil fuqaroligi bo'lgan, to'rtinchisi esa britaniyalik. Politsiya vakili Lyuba Samrining aytishicha, "mirshablar terrorchilarni otib o'ldirgan". Bir zobir ham halok bo'lgan.

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu HAMAS guruhi va Falastin Prezidenti Mahmud Abbosni ayblab, xalqaro hamjamiyat ularning zo'ravonlikka yetaklovchi chaqiriqlariga e'tibor bermadi, dedi. Abbos bayonot chiqarib, kim aybdor bo'lishidan qat'i nazar tinch aholiga qarshi hujumlarni qoralaymiz, dedi.

HAMASning bildirishicha, sinagogadagi hujum Sharqiy Quddusda avtobus haydovchisi, falastinlik Yusuf al-Ramuniyning o'limi uchun qasos bo'lgan.

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri bugun Netanyaxu bilan telefon orqali gaplashib, hamdardlik bildirdi.

"Falastin rahbariyati bayonot va da'vatlarini ehtiyot bo'lib aytishi kerak, zo'ravonlikka yetaklamasligi uchun. Ular mintaqadagi vaziyatni ijobiy tomonga o'zgartirishi uchun haqiqiy rahnamo bo'la olishi zarur", - dedi Kerri.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG