Breaking News

Kanzasda O’zbekiston fuqarosi moliyaviy qalloblikda aybdor topildi


Qahhorov Missuri shtati, Kanzas shahrida Midwest Management Inc. nomli kompaniyani boshqargan va sheriklari bilan birga qator jinoyatlarga qo’l urgan, deydi tergovchilar.
Qahhorov Missuri shtati, Kanzas shahrida Midwest Management Inc. nomli kompaniyani boshqargan va sheriklari bilan birga qator jinoyatlarga qo’l urgan, deydi tergovchilar.

Missuri shtati, Kanzas shahar sudi O’zbekiston fuqarosi, 30 yoshli Jahongir Qahhorovni moliyaviy qalloblikda aybdor topgan.

U qo'lga kiritgan mablag’ jinoiy faoliyat - inson savdosidan tushgani ma’lum.

Federal Qidiruv Byurosi, Kanzas shahar bo'limining “Amerika Ovozi”ga bildirishicha, Qahhorov shu yil boshida qamoqqa olingan va ikki oy o’tib, martda tovon puli evaziga qo’yib yuborilgan.

Sudning o’tgan hafta e’lon qilingan qaroriga ko’ra, mana shu 60 kun jazo o’rniga o’tib, Qahhorov endi ozod. Hozir ham Qo’shma Shtatlarda yashamoqda.

U tergov davomida yaqindan hamkorlik qilgani uchun yengil jazo olgan, deydi prokuratura rasmiylari.

Qahhorov Missuri shtati, Kanzas shahrida Midwest Management Inc. nomli kompaniyani boshqargan va sheriklari bilan birga qator jinoyatlarga qo’l urgan, deydi tergovchilar.

Guruh yuzlab noqonuniy muhojirni Kanzasga olib kelib, majburan ishlatib, arzimagan maosh to’lagan, ular to’p-to’p bo’lib, g’ayriinsoniy sharoitda yashagan.

Bu qalloblik natijasida Qahhorov 2007 yilda taxminan 600 ming dollar daromad qilgan.

Inson savdosi bilan shug’ullangan bu guruhga yana bir o’zbekistonlik – Abrorxo’ja Asqarxo’jayev boshchilik qilgani ma’lum. U sherigini qo’rqitib, pul undira boshlagach, Qahhorov huquq-tartibot organlariga murojaat qilgan.

AQSh prokurori Bill Meynersning aytishicha, Qahhorov sudda ko’rsatma berib, tergovga yordam bergan. Reket, qalloblik kabi ayblovlarni tan olgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG