Breaking News

Noqonuniy muhojirlar ishi qayta ko'rib chiqiladi


Respublikachi qonunchilar nazarida bu tashabbus xatarli va qonunni buzgan immigrantlarni siylash bilan barobar
Respublikachi qonunchilar nazarida bu tashabbus xatarli va qonunni buzgan immigrantlarni siylash bilan barobar

Obama ma’muriyatining bildirishicha, deportatsiya ehtimoli bilan yuzlashayotgan 300 ming noqonuniy muhojir taqdiri birma-bir, alohida hal etiladi.

Amerika Ichki xavfsizlik vazirasi Janet Napolitano so’zlariga ko’ra, jamoat xavfsizligiga tahdid solayotgan kishilar, jinoyatchilargina vataniga badarg'a qilinishi mumkin.

Demokrat Senator Dik Durbin bu qarordan mamnun va Amerikaga bolaligida kelgan noqonuniy muhojirlarga fuqarolik berish kerak, deydi.

Respublikachi qonunchilar nazarida bu tashabbus xatarli va qonunni buzgan immigrantlarni siylash bilan barobar.

Muhojirlar huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar prezident Barak Obamani 2009 yilda davlat tepasiga kelganidan beri immigratsiya sohasini isloh qilmay, millionlab odamlar deportatsiya qilinishiga yo’l qo’yganlikda ayblab, tanid qiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG