Breaking News

Karimovning qudratdan ketishi mintaqaga qanday ta'sir qiladi?


O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov Olma-Otada o'tgan sammitda, 28-aprel, 2009-yil.
O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov Olma-Otada o'tgan sammitda, 28-aprel, 2009-yil.

Karimovning qudratdan ketishi O’zbekiston va mintaqadagi vaziyat hamda muhitga qanday ta’sir qiladi?

Karimovdan keyingi O'zbekiston va Markaziy Osiyo
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:18:09 0:00

Ayrim mutaxassislarga ko’ra, prezident Karimov davrida rasmiy Toshkent qattiqqo’l ichki siyosat hamda mustaqil tashqi siyosat olib bordi. Davlat rahbari o’lkada turli diniy oqimlar faoliyatiga chek qo’yish, ularni tag-tomiri bilan yulib tashlash harakatida bo’ldi.

Islom Karimovning qudratdan ketishi O’zbekiston hayotiga, shuningdek, qo’shni mamlakatlardagi vaziyatga, kengroq olganda - mintaqadagi siyosiy, iqtisodiy, ruhiy holatga qanday ta’sir etishi mumkin?

“Amerika ovozi” Markaziy Osiyoda taniqli ulamo, Qirg’izistonning Jalol-Obod shahridagi “Islom ta’limi markazi” nomli nodavlat tashkilot boshlig’i, sharqshunos Dilmurod O’rozovni suhbatga tortdi.

Prezident Karimovning chorak asr davomida O’zbekiston hamda butun mintaqada tinchlik-barqarorlikni saqlash, yurtni obod etish va xalq farovonligini oshirish yo’lida olib borgan faoliyatini yuqori baholar ekan, suhbatdosh zamonni, butun mintaqa hayoti va taqdirini bir shaxs bilan bog’lash joiz emasligini ta’kidlaydi.

“Biron joyda yuz berayotgan voqea-jarayonlarga, ayniqsa, siyosiy jarayonlarga boshqa davlatlar, hatto dengiz orti o’lkalari ham beparvo qarab turmaydi - bu haqiqat”, deydi u.

Uningcha, O’zbekistonda samarali boshqaruv tizimiga shikast yetkazmaslik, kuchli hokimiyatni saqlab qolish o’ta muhim. Bu mintaqa manfaatlariga ham to’la javob beradi.

Ulamo fikricha, O’zbekiston siyosiy elitasi o’zaro talash-tortishishga, nizolarga yo’l qo’ymaydi. Balki Karimov asos solgan tizimni takomillashtirish, mamlakatning o’zida va butun Markaziy Osiyoda tinchlik-barqarorlikni mustahkamlashga astoydil harakat qiladi.

“Karimov sistemani o’ziga bog’lab olganmidi yoki sistemaning soat kabi mustaqil ishlashiga poydevor yaratganmidi - masala shunda. Agar butun boshqaruv tizimi bir kishi irodasiga bog’lanib qolgan bo’lsa, unda tizgin bo’shashi natijasida sistema qulashi ehtimoli yo’q emas va buning oqibatlari mamlakat hamda mintaqa uchun fojiali bo’lishi mumkin”, - deb hisoblaydi Dilmurod O’rozov.

Ulamo Karimov dinga qarshi emas, balki dinni siyosiylashtirish, undan siyosiy maqsadlarda foydalanishga qarshi turganini urg’ulaydi.

Aytish joizki, davlat va din munosabatlarida Karimov qo’llagan siyosat bora-bora qo’shni mamlakatlarda ham qay bir tarzda ishlatila boshlandi.

“Chunki qo’shni o’lkalarning davlat idoralari xavf-xatarni payqadilar. Ayni paytda, qaysi bir mamlakatda qat’iy choralar amaliga o’tilgan bo’lsa, boshqalarida, aytaylik, Qirg’izistonda, yumshoqroq yondoshilmoqda. Masalan, atrofdagi o’lkalarda man etilgan ayrim diniy tashkilotlar bizda bemalol da'vat yuritmoqda”, - deydi ulamo.

Qo’shni davlarlarda ko’p hollarda O’zbekistonga bo’lgan munosabat Karimov shaxsi bilan bog’lanib kelinar edi - Karimov deganda O’zbekiston, O’zbekiston deganda esa Karimov (barcha ijobiy va salbiy xislatlari bilan) tushunilar edi.

Endi atrof o’lkalarda O’zbekistonga munosabat o’zgaradimi va qay tomonga?

Ijtimoiy tarmoqlarda yanrayotgan yana bir xavotir - ichki va tashqi kuchlar “otasiz qolgan” O’zbekistonni “cho’qiy” boshlamaydimi?

“Bu Karimov shakllantirgan tizimning naqadar barqarorligiga bog’liq”, - deydi ulamo.

Barcha oddiy odamlar kabi, u mintaqada bordi-keldi, insoniy aloqalar, savdo-sotiq izga tushishini orzu qiladi.

XS
SM
MD
LG