Breaking News

Hamid Karzay Tolibon bilan muloqot zarur, demoqda


Afg'oniston prezidenti Hamid Karzayda Tokiodagi anjumanda so'zlamoqda, 8-iyul, 2012-yil
Afg'oniston prezidenti Hamid Karzayda Tokiodagi anjumanda so'zlamoqda, 8-iyul, 2012-yil
Afg’oniston kelajagiga doir kecha Tokioda o’tgan donorlar anjumanida bu mamlakat prezidenti Hamid Karzay Tolibon bilan muloqotni yangilash zarurati haqida so’zladi.

Uning aytishicha, toliblar bilan murosaga erishilmaguncha, mamlakatda tinchlik bo’lmaydi.

"Hukumatga qarshi jang qilgan toliblarni mamlakat taraqqiyoti, hayotida ishtirok etishga chaqiramiz. Yolg’iz shartimiz – zo’ravonlikdan qaytib, qonunlarimizga amal qilgan holda yashashsin", - deydi Karzay.

Tolibon xorijiy kuchlar mamlakatdan chiqmaguncha hukumat bilan muzokara qilmaymiz, deb kelayotgan edi.

Karzayning aytishicha, koalitsiya qo’shinlari Afg’oniston xavfsizligini ta’minlashda yordam bermoqda.

"Bu zaruratdir. Toliblar bunga qaramasdan biz bilan o’tirib, yurt taqdiri haqida gaplashishi lozim", - deydi Karzay.

AQSh va Pokiston ham Tolibonni muloqotga chorlamoqda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG