Breaking News

Oligarx prezident Nazarboyevni oilasidan o'ch olayotganlikda aybladi, lekin...

Ablyazov Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin Nazarboyev hukumatiga xizmat qilgan va katta boylik orttirgan. Dekabr oyida u "Reyter" agentligiga agar Nazarboyev hokimiyatdan ketsa, prezidentlikka iddao qilajagini aytgan edi.

Qozog’istonlik oligarx va dissident Muxtor Ablyazov shanba kuni rafiqasi va qizi Almatidagi qarindoshlarinikida ekanini ma’lum qildi. "Reyter" axborot agentligi bu borada xabar tarqatdi. Undan oldin Ablyazov prezident Nursulton Nazarboyev va uning hukumatini yaqinlarini o’g’irlaganlikda ayblagan edi.

50 yoshli sobiq vazir 2009-yilda, unga qarashli BTA banki musodara qilinganidan keyin vatanidan qochgan va Britaniyada siyosiy boshpana topgan.

Qozog’istonda Ablyazov firibgarlikda ayblangan va uning 6 milliard dollarga teng mablag’ni o’zlashtirganligi iddao qilingan. O’tgan yili Britaniyada Ablyazovning sud tomonidan 22 oy qamoq jazosiga hukm qilinishi kutilgan edi. Biroq u sudga kelmagan.
O’shandan buyon uning qayerda ekani noma’lum edi.

Avval o’zining "Facebook" ijtimoiy tarmog’idagi sahifasi orqali Ablyazov turmush o’rtog’i Alma Shalabayeva va 6 yoshli qizi Rimdagi uyidan Italiya politsiyasi tomonidan olib ketilgani va Almatiga jo’natilganini iddao qildi.

“Kazinform” axborot agentligi Shalabayevaning Italiyada noqonuniy ravishda yashagani uchun deportatsiya qilingani haqida xabar tarqatdi.

Advokat Rikkardo Olivio Qozog’istonda Ablyazov rafiqasi tahdid ostida ekanini ta’kidladi.

Ablyaziv esa hodisa ortida Qozog’iston rahbari turganini ta’kidlab chiqdi:

“Ularni o’g’irlashni prezident Nurzulton Nazarboyev buyurgan”.

Biroq shanba kuni Ablyazov yana "Facebook" orqali qizi va rafiqasi Almatidagi qarindoshlarinikida ekanini bildirdi.

Nazarboyev ma’muriyati hodisa yuzasidan hech qanday bayonot berganicha yo’q.

XS
SM
MD
LG