Nyu-Yorkda asoslangan Jurnalistlarni himoya qiluvchi xalqaro qo'mita (Committee to Protect Journalists) nazarida Qozog'istonda taniqli muxbirga hujum qilganlikda aybdor deb topilgan to'rt kishi 11-15 yil qamoq jazosiga mahkum etilgani ijobiy yangilik, lekin bu jinoyat ortida turgan boshqa shaxslar ham adolat oldida javob berishi kerak.
Hukumat 2012-yilning aprel oyida jurnalist Lukman Ahmedyarovga nisbatan vahshiyona hujum qilib, o'qqa tutib, keyin pichoq sanchigan to'dani izchil tergov qilishi lozim, deydi Muzaffar Suleymanov, tashkilotning Markaziy Osiyo bo'yicha yetakchi mutaxassisi.
Uralsk regional sudi Asxat Taxambetov, Mursalim Sultangereyev, Almaz Batirxairov va Manarbek Akbulatovni qotillikka uringanlikda aybdor deb topgan.
Shuningdek, sudlanuvchilar jurnalistga yetkazgan jarohat va zarar uchun jami 26 ming dollar to'lashi shart.
Lukman Ahmedyarov korrupsiya va yulg'ichlik hollarini yoritib nom qozongan.
O'tgan yili "Amerika Ovozi"ga bergan intervyusida, jurnalist Qozog'istondagi asosiy muammo tuzum va jamiyatning chuqur korrupsiyaga botganida, degan edi.