Breaking News

Karimov va Nazarboyev - strategik hamkorlar


Islom Karimov va Nursulton Nazarboyev bir paytda rahbarlikka kelgan. Deyarli chorak asrdan beri hokimiyatda. (2009-yilda Almatida olingan surat)
Islom Karimov va Nursulton Nazarboyev bir paytda rahbarlikka kelgan. Deyarli chorak asrdan beri hokimiyatda. (2009-yilda Almatida olingan surat)
Qozog’iston rahbari Nursulton Nazarboyev 13-14 iyun kunlari O’zbekistonga safar qilib, prezident Islom Karimov bilan strategik hamkorlik bitim imzoladi.

Toshkentda Qozog'iston elchixonasi uchun yangi imorat hamda shoir va faylasuf Abay Kunanbayev xotirasi haykal ochildi. Har ikki rahbarning aytishicha, rishtalar mustahkam va Markaziy Osiyoni porloq kelajak tomon yetaklash uchun kuch va iroda yetarli.

O'tgan yili davlatlar orasidagi savdo aylanmasi 2 milliard 75 millionni tashkil etgan.

O'zbekiston-Qozog'iston/Malik Mansur
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:05 0:00
Yuklab oling

Tahlilchilar nazarida Markaziy Osiyodagi bugungi vaziyat mintaqa xavfsizlik yuzasidan hamkorlikni rivojlantirishdan ko’ra bir-biridan xavfsirash kuchli ekanligini ko’rsatadi.

Toshkent pozitsiyasi shuki, Amerika 2014-yil oxirigacha Afg’onistonni tark etgach ekstremizm tahdidi kuchayadi. Ostona bu fikrdan yiroq.

Nursulton Nazarboev va Islom Karimov Toshkentdagi muzokaradda o’z pozitsiyalarini tushuntirib, bu kelishmovchilikka biroz oydinlik kiritgani aytilmoqda.

Qozog’istonlik sharhlovchilar deydiki, ikki rahbar bir-birini tushuna oladi.

“O’zbekiston va Qozog’iston o’rtasida chegaraviy muammo yo’q. Bu hozirgi paytda juda muhum ahamiyatga ega. Bitta mintaqada yashayapmiz, ikki yo’l bor: bir-birimiz uchun yo’l ochish yoki mutlaqo yopiq siyosat yuritish. Turkiy xalqlarmiz, munosabatlar shundan kelib chiqishi kerak “, deydi jurnalist Serik Mambetov.

Jurnalist tahlilicha, Qozog’iston va O’zbekiston tashqi siyosatini ham birgalikda shakllantirsa, birdek manfaat ko’radi.

Qozog’iston-O’zbekiston aloqalari ularning Rossiya yoki boshqa davlatlar bilan munosabatiga ta‘sir qilmasligi kerak. Qolaversa, strategik sheriklik bu shunchaki hujjat emas, uning talab va majburiyalari bor, deydi Mambetov.

Mintaqada birdamlik, integratsiya tomon harakat sezilmaydi. Markaziy Osiyo respublikalari biror mustaqil tashkilot doirasida hamkorlik qilishga intilmayapti.

“Afsuski, Markaziy Osiyoda bo’linishlar tobora kengayib bormoqda. O’zbekiston va Tojikiston, O’zbekiston va Qirg‘iziston o’rtasidagi ziddiyatlar chuqurlashmoqda. Bu vaziyatda agar Afg’oniston tomonidan real xavf vujudga kelgan taqdirda ham mintaqa davlatlari birlashishga qodir emas. Har kim o’zi bilganicha bu xavfga qarshi turishga urinadi yoki Rossiya yetakchiligidagi Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasiga tayanadi“, - deydi qozog’istonlik ekspert Do’sim Satpayev.

Uning ta’biricha Markaziy Osiyo tashqi kuchlarga tayanmagan holda o’z muammolarini o’zi yechishni o‘rganishi lozim. Ammo mintaqa har bir masalada aybni chetdan qidiradi va tarqoq.

Suv muammosida Qozog’iston va O’zbekiston pozitsiyasi bir-biriga yaqin. Biroq bu yaqinlik hech kimni yechim tomon yetaklayotgani yo’q. Bugungi muzokarada Nazarboyev har bir muammo dialog orqali hal etislishi kerak, dedi.
  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG