Amerika bosh diplomati Isroil va Falastin rahbarlarini har qanday shartlarni chetga surib, tinchlik muloqotiga qaytishga undayapti. Davlat kotibi Jon Kerri mintaqaga safarini yakunlayotib, mahalliy ma’murlarni xalq manfaatlari yo’lida olg’a qadam tashlashga chaqirdi.
Amerika o’rtadagi farqlar va ziddiyatlarni yengishda yordam berishga tayyor, deydi diplomat. Jon Kerri kecha Quddusda Isroil rahbari Shimon Peres bilan ko’rishgan.
Amerika rasmiysining so’zlari Falastinga ma’qul bo’lmasligi aniq, deydi tahlilchilar. Falastin ma’muriyati Isroildan bosib olingan hududlarda yahudiylar uchun turar-joy qurishni bas qilishni va barcha siyosiy mahbuslarni qo’yib yuborishni talab qilayapti. Shundagina muloqotga rozimiz, deya shart qo’yadi falastinliklar.
Oxirgi ikki oyda regionga bir necha bor safar qilgan Jon Kerri tomonlarni oz-ozdan yon berishga chaqirib keladi.
Davlat kotibi Jon Kerri bugun Efiopiyaga ham yo’l olib, regional rasmiylar bilan xavfsizlik haqida gaplashadi. Uch kunlik tashrifi davomida diplomat Afrika Ittifoqining 50 yillik yubileyida ham qatnashadi.
Amerika bosh diplomati ayniqsa, Mali va Nigeriya kabi davlatlarda islomiy ektremizmga qarshi kurash yuzasidan fikr almashadi.
Uning aytishicha, Qo’shma Shtatlar Nigeriyada Boko Haram jangari guruhini tugatishda ko’magini ayamaydi. Nigeriya shimolida yaqinda favqulodda holat e’lon qilingan edi.
Malida, bu orada, Fransiya qo’shinlari sekin-asta vataniga qaytayapti va shimoldagi harbiy amaliyot mahalliy askarlar zimmasiga topshirilmoqda.
Qo’shma Shtatlar bu harbiylarga trening va mashqlar bilan yordam berishni rejalayapti. Jon Kerri, shuningdek, Sudan va Janubiy Sudan o’rtasidagi bo’sh sarhadlar mudofaasini ham muhokama qiladi. Huquq himoyachilarining aytishicha, chegara zaif ekanidan foydalangan jangarilar hududni egallab olayapti.