Breaking News

Kerri: Suriya hukumati va muxolifati "Islomiy davlat"ga qarshi hamkorlikda kurashishi mumkin


AQsh Davlat kotibi Jon Kerri
AQsh Davlat kotibi Jon Kerri

AQSh Davlat kotibi Jon Kerrining aytishicha, Suriyada Prezident Bashar Assad hokimiyatdan ketmasa-da, hukumat va isyonchilar kelishgan holda "Islomiy davlat" jangari guruhiga qarshi jang qilishi mumkin.

Buning uchun, deydi Kerri, Assadga qarshi kurashayotgan kuchlar bo'lajak rahbarni belgilashda fikri inobatga olinishiga amin bo'lishi lozim.

"Ask holda hamkorlikni ta'minlash oson bo'lmaydi", - dedi u.

Kerrining so'zlari AQSh siyosatida keskin burilishdan dalolatdir. Bungacha Qo'shma Shtatlar Assad ketishi kerak deb turib olgan edi.

Davlat kotibi bu haqda Gretsiyaga safari chog'ida so'zlagan. Qishning sovuq kunlari yaqinlashar ekan, AQSh Yevropaga borgan yuz minglab qochqinlar ehtiyojlari uchun 24 million dollar ajratmoqda. Pul BMTning Qochqinlar bo'yicha agentligiga oziq-ovqat, suv, boshpana sotib olish uchun beriladi.

Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlaridagi mojarolardan qochgan odamlar Yevropada yangi hayot boshlashga umid qilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG