Breaking News

Huquqbonlar Kiyevda nima haqda gaplashdi?


Kiyev Mustaqillik maydoni
Kiyev Mustaqillik maydoni
Fevral oyining birinchi haftasida Markaziy Osiyo inson huquqlari himoyachilari Ukraina poytaxti Kiyevda yig'ilib, mintaqadagi vaziyat yuzasidan maxsus memorandum qabul qildi.
Kiyevda Markaziy osiyolik huquqbozlar yig'ildi/Malik Mansur
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:07 0:00
Yuklab oling

Ahvol ayanchli, deydi faollar. Tashqi dunyo uzviy huquq va erkinliklar muntazam ravishda oyoqosti qilinishiga ko’z yummasligi kerak.

Forum mintaqa davlatlaridan birida emas, Ukrainada tashkil qilinganining o’zi ham, faollar fikricha, Markaziy Osiyoda inson huquqlari borasidagi umumiy vaziyatning tobora yomonlashib borayotganidan dalolat beradi.

Yig’inda O’zbekistondan Inson huquqlari tashabbus guruhi a'zolari qatnashdi. Guruh rahbari Surat Ikromovning aytishicha, qo’shma memorandum mintaqada huquq bilan bog’liq ahvol o’ta xavotirli nuqtaga kelayotganiga diqqat qaratadi.

“Besh davlatdan kelgan vakillar o’z mamlakatlaridagi ahvol haqida gapirishdi. Keyin bu bo’yicha memorandum qabul qilindi, uni biz internet orqali tarqatamiz. Davlat rahbarlariga, xalqaro jamoatchilikka murojaat qilinadi. Xalqaro qonunlar bajarilmayotgani, bu masalaga jiddiy e’tibor zarurligi ta’kidlanadi”, - deydi Ikromov.

Huquqbonlar orasidagi hamkorlikni mustahkamlashga uch kun davom etgan forumda alohida urg'u berilgan.

“Tinch namoyish va yig’ilishlar o’tkazish, matbuot va so’z erkinligini targ'ib qilish qanchalik qiyin ekani haqida gaplashdik. Biz qiynoqlar muammosini, ayniqsa O’zbekistondagi diniy ta’qiblar masalasini ko’tardik”, - deydi Surat Ikromov.

Kiyevdagi uchrashuvda Rossiya va Ukrainadan ham huquq himoyachilari ishtirok etgan.

Bugun mintaqa ahli huquqlarini himoya qilish masalasi nafaqat Markaziy Osiyo davlatlari, balki bevosita Rossiya bilan bog’liq bo’lib qolayotgani ta’kidlanadi.

Rossiyada, qisman Ukrainada ham mintaqaning millionlab fuqarosi mehnat qiladi. Mehnat muhojirlari uchun sharoit og'ir. O’z insoniy huquqlaridan mahrum qilingan muhojirlarni qullarcha ishlatish holatlari keng tarqalgan.

Xalqaro huquq tashkiloti “Human Rights Watch” yaqinda o’z tekshiruvi natijalarini e’lon qildi. Sochi Olimpiadasi obyektlari Markaziy osiyolik muhojirlar huquqlarini toptash evaziga qurilmoqda, deyiladi hujjatda.

Surat Ikromov deydiki, Kiyevdagi forum mintaqada vaziyat tobora chigallashayotgan bir paytda yanada ko’proq ahamiyat kasb etadi.

Forum Xelsinki Komissiyasi va qozog’istonlik faollar hamkorligida tashkil etilgan.
  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG