Shimoliy Koreya hukumati, Janubiy Koreya rejalaganidek Sariq dengizda harbiy mashq o’tkazgan taqdirda bu mamlakatga hamla qilishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.
Janubiy Koreya Sariq dengizdagi Yeonpyeong orolida seshanba kunidan boshlab harbiy mashq o’tkazishini bildirgan edi. Ushbu orolda 23 noyabrda shunday mashg’ulotlar o’tgan, Shimoliy Koreya arteleryasi hududni nishonga olib, ikki davlat o’rtasidagi keskinlik kuchaygan edi.
Shimoliy Korea u yerda yana harbiy mashqlar o’tkazilsa, oldingisidan ko’ra qattiqroq javob berishga shay turgani haqida bildirgan. Pxenyan bu mashg’ulotlarni provakatsiya deb biladi.
Janubiy Koreya Mudofaa Universitati professori Choy Chen Cheol fikricha Shimoliy Koreyaning bu do’q-po’pisalariga e’tibor bermaslik kerak.
"Janubiy Korea o’zini himoya qilishga haqqi bor", - deydi u, "o’z hududida harbiy mashq o’tkazsa, Shimoliy Koreyaning qarshilik ko’rsatishi mantiqsiz".
Rasmiy Seul ham Shimoliy Korea hamla qilsa, tegishli javob beriladi deb ogohlantirmoqda.
Koreya yarimorolida vaziyat tang ekan, xalqaro hamjamiyat har ikki Koreyani muzokara qilishga, ayniqsa Pxenyanni o’zboshimchalikdan qaytishga undamoqda.
AQSh Shimoliy Koreya bilan diplomatik aloqaga ega emas, lekin Bill Klinton prezidentligi davrida BMTda elchisilik qilgan Bill Richardson ayni damda Pxenyanga borib, rasmiylar bilan gaplashmoqda.
U Shimoliy Koreya rahbariyari taklifi bilan borgan. Bu rasmiy safar emas, deydi Amerika diplomatlari, ammo bunday muloqotlar Pxenyanni xalqaro hamjamiyatga yaqinlashtiradi degan umid bor.