Breaking News

Kuzatuvchilar: Saylov jarayoniga o’zbeklar uncha jalb qilinmadi


Kuzatuvchilar: Saylov jarayoniga o’zbeklar uncha jalb qilinmadi
Kuzatuvchilar: Saylov jarayoniga o’zbeklar uncha jalb qilinmadi

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YXHT) vakillari saylov arafasida Qirg’iziston janubiga borib, jamoatchilik bilan uchrashgan, bugungi vaziyat bilan tanishgan.

Tashkilotning inson huquqlari bo’yicha byurosi tahlilicha, ozchilikdagi guruhlar, xususan o’zbeklar saylov kampaniyasiga u qadar jalb etilmagan.

O’zbek aholi, deydi kuzatuvchilar, saylovdan keyin nima bo’ladi deya xavotirda.

YXHT inson huquqlari byurosi hisoboti milliy ozchilikdagi guruhlarning kampaniyada ishtiroki cheklangani, nomzodlar tomonidan ham bu boradagi tashabbuslar kam kuzatilganini ta’kidlaydi.

Qirgiziston prezidentligi uchun kurash ayniqsa mamlakat janubida keskin o’tishi kutilmoqda.

Janubda aholining katta qismini tashkil etuvchi o’zbeklar ovozi muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq ular orasida saylovga nisbatan qiziqish kuchli emas.

Prezidentlik uchun kurashayotgan siyosatchilar mamlakatdagi milliy taranglikni yumshatuvchi aniq dastur taqdim etmagan.

Kuzatuvchilar: Saylov jarayoniga o’zbeklar uncha jalb qilinmadi
Kuzatuvchilar: Saylov jarayoniga o’zbeklar uncha jalb qilinmadi

“O’zbeklarda hukumatga, siyosatchilarga nisbatan ishonch hali tiklanmagan, saylovga qiziqish ham shunga yarasha. Oldin qiziqish bo’lardi, hozir qiziqish qolmagan. Chunki iyun voqealaridan foydalanib rahbarlikka ko’proq millatchilar kelib qoldi”, - deydi ayni paytda xorijda yashayotgan qirg’izistonlik o’zbek.

Uning aytishicha, O’shdagi xunrezliklardan so’ng imkoniyat topgan o’zbeklarning aksariyati mamlakatdan chiqib ketdi, o’zbek yetakchilari quvg’inda yoki hibsda.

“Avval faollar ko’p edi, ular faqat o’zbekka demasdi, balkim elimga der edi, o’zbekmi, qirg’izmi. Hozir ularning hammasini millatchiga chiqarishdi, surgun qilishdi, qamashdi. Qolganlarini hibsga olib, urib kasal qilishdi. O’zbeklar orasida Qirg’iziston uchun xizmat qilayotgan, mamlakatga foydasi tegayotgan martabali odamlar ko’p edi, hozir hech kim qolmadi”, - deydi o’shlik o’zbek.

Huquq-tartibot organlari saylov arafasida vaziyatni izdan chiqarishga qaratilgan qo’poruvchilik harakatlari haqida ogohlantirmoqda. O’shdagi saylov uchastkalari xavfsizlik kuchlari tomonidan nazoratga olingan.

Kuzatuvchilar: Saylov jarayoniga o’zbeklar uncha jalb qilinmadi
Kuzatuvchilar: Saylov jarayoniga o’zbeklar uncha jalb qilinmadi

O’zbeklar ko’proq saylovdan keyingi vaziyatdan xavotirda.

“Hozir ko’pchilik o’zbeklar o’z uyida o’tira olmayapti, saylovdan keyin nima bo’lar ekan deb. Ko’plar iloji boricha chekkaroq tomonlarga chiqib turishibdi, qarindosh-urug’larinikiga, yoki masalan Do’stlik tomonlarga. Saylovdan keyin nima boladi deb kutishyapti”.

Bu orada, iyun voqealarida ayblanayotgan o’zbek yetakchilari ustidan sud nihoyasiga yetishi kutilmoqda. Jalol-Oboddagi sudda Qodirjon Botirovga nisbatan bir umrlik qamoq jazosi so’ralgan.

O’sh qirg’inlarida qirg’iz hukumati o’zbek jamiyati yetakchilarini ayblab keladi. Qirg’indan keyin o’zbeklarni hibsga olish, qiynoqlar kampaniyasi boshlandi. Bu borada o’tgan sud jarayonlari xalqaro tashkilotlar tomonidan keskin tanqid ostiga olindi.

Kuzatuvchilar: Saylov jarayoniga o’zbeklar uncha jalb qilinmadi
Kuzatuvchilar: Saylov jarayoniga o’zbeklar uncha jalb qilinmadi

Yevropa Ittifoqining Qirgizistondagi elchisi Shantal Gebberext 19-21 oktabr kunlari O’sh va Jalol-Obodga safar qilib, uchrashuvlarda bu muammoni ko’targan.

Gebberext fuqaro jamiyati vakillari bilan ko’rishib, sud jarayonlari va qiynoqlar masalasini muhokama qilgan.

Iyun voqealari yuzasidan mustaqil surushtiruv o’tkazgan YXHT maxsus vakilining hisoboti Qirg’iziston hukumatining keskin e’tiroziga uchradi.

Hisobotda Qirg’iziston hukumati, xususan kuch ishlatuvchi tizimlarning bu voqealarda ishtiroki ham o’z ifodasini topgan edi.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG