Breaking News

Orzulari ketidan Gavayiga borib qolgan qirg’izistonlik ayol


Umida Krampits, asli Qirg'izistondan, hozirda Gavayida yashaydi
Umida Krampits, asli Qirg'izistondan, hozirda Gavayida yashaydi

Gavayi AQShning eng ekzotik va chekka shtatlaridan bo’lib, asosiy hududga tutashmagan. Tinch okeanidagi orolda joylashgan bu shtat go’zal tabiati va toza plyajlari bilan sayyohlarni o’ziga rom qiladi. Har yili Gavayini 5 million sayyoh ziyorat qiladi.

Orzulari ketidan Gavayiga borib qolgan qirg’izistonlik ayol
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:19 0:00

Umida Krampits ismli 35 yashar qirg’izistonlik fotosuratchi Gavayida bo’lishni orzu qilgan. Uning orzusii ushalibgina qolmay, Umida Gavayiga ko’chib borib, u yerda o’z fotostudiyasini ochishga ham muvaffaq bo’ldi.

"Men Qirg’izistonda tug’ilganman, lekin 6-sinfgacha Qozog’istonda yashaganman. Oilada 7 ta farzandmiz – olti qiz va bir o’g’il, men eng kattasi. Oson bo’lmagan. Oshpaz bo’lishni orzu qilganman. 11 yil oshpazlik qildim ham. Turmush o’rtog’imni uchratganimdan so’ng Amerikaga ko’chib ketdim. Florida shtatida 5 yil yashadik. Erim ko’chmas mulk bilan shug’ullanadi", - deydi Umida.

U o’zini ijodiy inson deb bilarkan, badiiy ish bilan shug’ullanishni ham xohlardi. Amerikada suratga olishni o’rganishga kirishdi. Boshida oson bo’lmadi, biroq Umida bu sohadagi iste’dodini kashf eta oldi. Gavayi arxipelagidagi ikkinchi yirik orol Mauida yashaydi va ijod qiladi.

“Boshida madaniy shokni boshdan kechirdim. Gavayiga borishni orzu qilardim doim. Bu yerda hayot qimmat, qattiq ishlash kerak. Qaysi orolda yashamoqchi ekanimzni bilish uchun Gavayiga 2 marta sayohat qildik. Maui menga juda manzur bo’ldi. Albatta, hamma narsa bu yerda qimmat – ijaraga uy, yegulik. Bishkekni sog’inaman ba’zan. Axir onam, singillarim o’sha yerda. Maui Qirg’izistonga o’xshab ketadi. Oila ustun bu yerda. Bolalar bir-biri bilan o’ynaydi. Jamoa, oila hissi bor”.

Umida Mauidagi hayotidan mamnun. Juda ko’p oilalar bilan do’stona muhitda ishlaydi. Amerikaning asosiy hududidagi odamlarga qaraganda Gavayi xalqi ancha mehribon ekanini, yo’llar unchalik tirband emasligini, xavfsiz ekanini, bolalarni voyaga yetkazish uchun muhit yaxshi ekanini aytadi.

Orolga sayohat qilayotgan odamlar baxtli onlarini suratlarda muhrlab ketishni istaydi va Umida ularga bu ishda yordam beradi. Gavayigacha Umida boshqa ishlar bilan ham shug’ullangan.

“Floridada uyni, mashinalarni ijaraga berardik. Fotobiznesni boshlash qiyin emas. Studiya uchun joy olib, nom topib, kerakli to’lovlar va soliqlarni to’lasangiz bo’ldi”.

Tajriba orttirish maqsadida Umida oroldagi ko’plab fotosuratchilar ishini diqqat bilan kuzatdi. Ishni mukammal qilishni yaxshi ko’radi. Nomini chiqarish, o’zini tanitish, ishonch qozonish uchun boshida tekin ishladi. Asosan oilaviy va to’y fotosuratlarini oladi.

“Rusiyzabon fotosuratchilar menga ko’p yordam berishdi, o’rgatishdi. Ularning ish uslubi menga yoqadi. Yaxshi maslahatlar berishdi. Bir-bir yarim yil davomida ishlarim uchun pul olmadim. Tajriba orttirgunga qadar”.

Umidaning aytishicha, tajriba bilan birga yaxshi uskuna ham kerak. Eng boshida Umida do’stlariga xizmat ko’rsatdi.

“Qirg’izistondan hech kimni uchratmadim. Qozog’istondan do’stlar bor. Mauining o’zidan do’st orttirdim. Rossiya, ukrainalik do’stlarim ham bor. Ba’zan birga bazm qilamiz”.

Umidaning intiluvchanligi va mehnatsevarligi unga eng chiroyli shtatda yashab, sevgan mashg’uloti bilan shug’ullanishga imkon yaratdi. Uning aytishicha, bunday yondashuv har qanday orzuga erishishga yordam beradi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG