“Kanadaga kelganimda professional raqs dasturiga yozildim. Garchi yurtimda avval raqs bilan shug’ullangan bo’lsam-da, yana ham ko’proq o’rgangim keldi”, - deydi izlanishdan to’xtamaydigan qiz.
Ko’p o’tmay raqs va teatr san’ati maktabini ochadi.
“Boshida hukumatdan hech qanday yordam ololmadik. Faxrlanib ayta olamanki, dastlabki yillar to’liq o’zimizni o’zimiz boqdik. Markaziy Osiyodan o’zimga o’xshagan immigrantlar va boshqa post-sovet mamlaktlaridan kelganlarning quvvatloviga tayandik.
Birinchi yillar Kanada hukumatining yordamlari haqida bilmasdim. Faqat jamoatchilik yordamiga tayanardim. Shoularimizni ko’rish uchun ko’p tomoshabinlar kelardi. Mashq qilish uchun joy topishga ko’plab odamlar yordam berdi. Buning uchun munnatdorman ulardan. 2013-2014-yillarda hukumat grantlari va boshqa dasturlar haqida eshitdik. O’shandan beri ularga hujjat topshiramiz”, - deydi san’atkor qiz.
Yangi mamlakat, yangi qit’aga kelgan qiz katta to’siqlarga duch kelganini aytadi.
“Immigrantlar duch keladigan asosiy to’siq bu - imkoniyatlar haqida ma’lumotga ega emasligi. Bu yerda imkoniyatlar ko’p”, - deydi u.
Merey kichik tashkilotlarni qo’llab-quvvatlash uchun turli grantlar borligini aytadi.
“Agar yurtingizda yordam dasturlari bo’lmasa, xalqaro yordam dasturlariga hujjat topshirishingiz mumkin. Internet bunday grantlarni qidirish uchun eng yaxshi joy. “Google”da qidiring, masalan, mamlakatingizdan tashqaridagi festivallar yoki san’atingizni onlayn namoyish etmoqchi bo’lsangiz”, - deydi san’atkor.
Merey fikricha, immigrantlar duch keladigan yana bir to’siq bu o'z madaniyatini namoyish qilish uchun jasorat yetishmasligidir. Markaziy Osiyo san’at va madaniyati Kanadada, xususan Toronto san’at olamida deyarli mavjud emas, deydi u. San’atkor Markaziy Osiyo san’ati va madaniyatini Kanadaga yoyishga harakat qilmoqda.
“Boshida qanday qilib san’at bilan shug’ullanishni bilmas edim, hukumat yordamlari, dasturlari, san’at muassasalari haqida bilmasdim. Shularni bilishimga besh yil ketdi. Bilganimdan so’ng esa ancha osonlashdi. Mana hozir 10 yil o’tib endi men boshqalarni qo’llab-quvvatlayapman, chunki shu yo’lni bosib o’tdim”- deydi u.
Mereyning maktabida yordamchi xoreograf Nikol Deksining aytishicha, Markaziy Osiyo va Qozog’iston raqsini o’rganganida, o’zini bu madaniyatga bog’langanday his etadi. “Garchi u bizdan shuncha olisda bo’lsa-da, Kanada va Markaziy Osiyo o’rtasida shuncha masofa bo’lsa-da. Lekin Merey bilan ishlaganimda bu madaniyatga yaqinroq kelaman. Raqs chegaralar, uzoq masofalar osha bog’lanish imkoniyatini beradi”, - deydi Deksi.
Hozir Kanadada istiqomat qilayotgan san’atkor yangi kelgan immigrantlarga bu yangi mamlakatda qanday qilib yangi hayot boshlash, oyoqqa turish, kasbiy jihatdan o’sish bo’yicha maslahatlar beradi.
“10 yil oldin kelganimda ijtimoiy tarmoqlardan uncha foydalanmasdim. Lekin hozir ijtimoiy tarmoqlardan ko’p narsalarni bilsangiz bo’ladi. Mahalliy guruhlarni qidirshni tavsiya etaman.
Odamlar bilan bog’laning, jamiyatingizga yordam bering, shu bilan birga jamiyatingiz qo’lloviga tayaning, bir-biringizni qo’llab-quvvatlang. Yangi mamlakatga immigrant sifatida kelar ekansiz, oilangizni ortda qoldirib kelasiz. Yangi mamlakatda o’zingizni yolg’iz his qilishingiz mumkin. Mintaqangizdan kelgan boshqa bir vatandoshingiz oilangizga aylanishi mumkin”, - deydi u.
Facebook Forum