Breaking News

Bahor kelib, Qirg’izistonda yana mitinglar boshlandi


Jalol-Obodda muxolifat qurultoyi (Shohruh Soipov olgan surat)
Jalol-Obodda muxolifat qurultoyi (Shohruh Soipov olgan surat)
Bahor kirishi bilan Qirg’izistonda norozilik namoyishlari boshlanib ketdi. Jumladan, Jalol-Obod shahridagi chiqishlarda muxolifatchilar hibsdagi uch deputatni ozod qilishni, shuningdek, Qumtor oltin konini davlat tasarrufiga o’tkazishni talab qildi.

Bahor kelishi bilan Qirg'izistonda yana mitinglar/Ulug'bek Sokin
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:09 0:00
Yuklab oling

O’tgan yili hibsga olingan deputat Qamchibek Tashiyev asli Jalol-Obod viloyatidan bo’lib, uning mahalliy tarafdorlari vaqti-vaqti bilan norozilik mitinglari o’tkazib keladi.

Jalol-Oboddagi ommaviy axborot vositalari markazi xodimi Daniyar Ergeshovning aytishicha, norozilik chiqishlarida 500-600 odam qatnashmoqda.

“Ular asosan Tashiyevning tarafdorlari, hamyurtlari. Birinchi kunlari mitinglarda ko’proq qariyalar qatnashgan bo’lsa, keyinchalik yoshlar ko’paydi. O’z navbatida ehtiroslar ham. Bo’lib o’tgan qurultoyda esa Qirg’izistonning boshqa joylaridan ham bir-ikkitadan vakil qatnashdi. Albatta asosiy talab hibsdagi Tashiyev va uning ikki safdoshini ozod etish. Qumtor koni masalasi va qolgan talablar qo’shimcha bo’layotir”, - deydi Ergeshov.

Rasmiy Bishkek va mahalliy davlat tizimlari norozilik chiqishlariga ancha sabrli munosabatda. Ayni paytda bir guruh qariyalarning hokimiyat binosini ishg’ol qilishga urinishi hamda otliqlarning Jalol-Obod shahar maydoniga kirishi ham jiddiy qoralanmagan.

Kuni-kecha Jalol-Obodga tashrif buyurgan prezident Almazbek Atambayev miting ishtirokchilari bilan uchrashib, sud qarorini kutishni maslahat berdi.

Tahlilchi Abdumalik Sharipovning aytishicha, mahalliy davlat idoralari darhaqiqat mitinglarga qarshilik ko’rsatmayotir va qonun doirasidan chiqib ketmaslikka chorlamoqda.

“Prezident Atambayev Jalol-Obodga kelib, vaziyatdan chiroyli chiqib ketishga harakat qildi, “bu masalani faqat sud yechadi”, degan tarzda. Hibsdagi deputatlarga qandaydir jazo hukmi chiqishi mumkin. Undan keyin Atambayev kelishishi mumkin. Lekin bu yerda deputatlar sudlangan bo’lib qoladi. Bu narsa ularga keyinchalik kelgusi saylovlarda yoki parlament jarayonida ishtirok etishga to’sqinlik qilishi mumkin”, - deydi suhbatdosh.

Tahlilchilar nazarida, Jalol-Oboddagi mitinglar qatnashchilari turli yo’llar bilan bosim o’tkazishga harakat qilyapti. Jumladan, talablar bajarilmagan taqdirda joy-joylarda hokimiyat idoralarini xalq qo’liga olish tahdidlari yangragan.

“Ochig’ini aytganda, bu davlat tizimlariga ultimatumga o’xshayapdi. Aytish joizki, bunday usulni aslida ko’pchilik qo’llamaydi”, - deydi axborot vositalari markazi xodimi Daniyar Ergeshov.

Abdumalik Sharipovga ko’ra, vaziyat qanday rivojlanishi borasida hozirdan aniq bir narsa deyish qiyin.

“Ba’zi bir ma’lumotlarga qaraganda, norozilik qatnashchilari hech narsa qila olmaydi, deyilmoqda. Hattoki Qamchibek Tashiyevning hamqishloqlarining ko’pchiligi bunday qadamlarni qo’llamaydi. Lekin mitinglarga chiqishga majbur bo’lishyapti. Ikkinchi tomondan, Qirg’iziston yangi tarixidan bilamizki, 100-200 odam hokimiyat idoralarini egallab olsa, bu butun viloyatdagi hokimiyat ularning qo’liga o’tdi degan ma’noni anglatadi”.

Qirg’iziston prezidenti Almazbek Atambayev Jalol-Oboddagi uchrashuvlar paytida turli norozilik chiqishlari demokratiya ko’rinishi ekaniga urg’u bergan. Ayni paytda bunday chiqishlar qonuniy yo’llar bilan, tinch usulda o’tishi lozimligini ta’kidlagan.

“Kimga hokimiyat kerak bo’lsa, saylovlarga tayyorlansin”, - dedi davlat rahbari.

Mahalliy kuzatuvchilar fikricha, Jalol-Oboddagi mitinglar ko’lami va davomiyligi hibsdagi deputatlar ustidan o’tkazilayotgan sud qaroriga bog’liq. Ular zikr qilingan chiqishlar mahalliy aholining diqqatini unchalik jalb qilmayotganiga ham e’tibor qaratadi.

Jalol-Obodda muxolifat qurultoyi (Shohruh Soipov olgan surat)
Jalol-Obodda muxolifat qurultoyi (Shohruh Soipov olgan surat)
Jalol-Obodda muxolifat qurultoyi (Shohruh Soipov olgan surat)
Jalol-Obodda muxolifat qurultoyi (Shohruh Soipov olgan surat)
Jalol-Obodda muxolifat qurultoyi (Shohruh Soipov olgan surat)
Jalol-Obodda muxolifat qurultoyi (Shohruh Soipov olgan surat)

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG