Breaking News

O'zganda qiynalgan oilalarga uy hadya qilayotgan jamg'arma


Qirg'iziston: Ehtiyojmand oilalarga uy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:57 0:00

Qirgʻizistonning Oʻsh viloyati Oʻzgan shahrida istiqomat qiluvchi Muborak aya Gʻaniboyeva uzoq yillar davomida farroshlik qilib, farzandlarini yolgʻiz oʻzi katta qilgan. Ammo keyinchalik bu oila moddiy yetishmovchiliklardan qiynalib yashagan.

Yaqinda hamshaharlari unga beminnat yordam qilib, yaroqsiz ahvolga kelib qolgan uyining oʻrniga yangisini qurib berishdi. Endi Muborak aya uy muammosidan qaygʻurmaydi.

Bu uyning yangilanishi va zaruriy barcha jihozlar bilan taʼminlanishi uchun 465 ming som yoki taxminan 5000 dollar sarflandi. Bu pullar mamlakat ichida va xorijiy davlatlarda ishlayotgan saxovatli insonlar yordami bilan toʻplangan.

Barcha ishlarni uyushtirish “Biz el uchun” jamoatchilik jamgʻarmasining zimmasida boʻldi.

2017-yili tashkil topgan jamgʻarma tomonidan shu vaqtga qadar Oʻzgan shahridagi kam taʼminlangan oilalarga turli moddiy yordamlar koʻrsatib kelingan.

2019-yildan boshlab esa jamgʻarma tomonidan yordamga muhtoj insonlarning eski uylarini qayta qurib berish ishlari boshlangan.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG