Breaking News

Yevropa kuzatuvchilari Qirg’izistonda


Yevropa kuzatuvchilari Qirg’izistonda
Yevropa kuzatuvchilari Qirg’izistonda

Qirg’izistonda 30 oktabr prezident saylovlari oldidan Yevropa kuzatuvchilik missiyasi bugun mamlakatda ish boshladi.

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti xodimlarini rasmiy Bishkek taklif qilgan.

14 mutaxassis poytaxtda, 28 nafari Qirg’izistonning har xil shaharlarida xizmat qiladi va yana 350 ekspert saylov kuni jarayonni kuzatishi kerak bo’ladi.

Missiya saylov kampaniyasi, saylov komissiyasi ishi, ovoz berish prossessi, matbuot faoliyati va saylov borasidagi shikoyatlarni qayd etib boradi. Xulosalar esa saylovdan ikki oy o’tib, taqdim etiladi.

Qirg'iziston prezidenti bo'laman deganlar soni sal oldin 80 kishidan ko'p edi. Nomzodlar orasida siyosatchilardan tashqari fermer, doktor, ishsizlarham bo'lgan.

Davlat tilini bilish, imzo to'plash, hujjatlar topshirish va boshqa talablar natijasida da'vogarlar soni kamayib bormoqda.

Ayrimlar fikricha, nomzodlarning bu qadar ko'pligi Qirg'iziston siyosatini masxarabozlikka aylantirib qo'ymoqda. Lekin saylov kuniga qadar saylov varaqasida faqat besh-olti kishi qoladi, xolos, deydi boshqalar.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG