Breaking News

Qirg'izistonda qishning bir kuni


Qirg'izistonda qishning ikki oyi har yilgiday iliq kelgan edi. Mana endi, Ayoz ota qilichini ko'tardi, shekilli.

O'sh viloyati ob-havo xizmatining bayonicha, so'ngi uch kunda yarim oyga tatigulik qor yog'di. Sovuq iqlimi mayin Qirg'iziston janubida ham 12-15 daraja Selsiyga yetdi. Bunaqasi ko'pdan beri bo'lmagan, deyishadi.

Tog'li Oloy, Chotqol tumanlarida esa bir-bir yarim metr qalinlikda qor oddiy hol.
Yo'l-transport hodisalari ko'paygan.

«Shukur-ki, bu yil tabiiy gaz va elektr quvvati ta'minotida uzilishlar deyarli kuzatilmayotir. O'tin-ko'mir ham ko'pchilikda hozircha yetarli”, - deya mulohaza yuritadi aksar suhbatdoshlar.

Sovuq chimchilab, qalin qor ancha noqulayliklar tug'dirsa-da, odamlar nolimaydi.

«Qish qishligini qilgani yaxshi. Qor atrofni, butun jonzotni gard-darddan poklaydi, bo'lg'usi hosilga zamin yaratadi. Qor – ne'mat”, - deydi odamlar.

Mahalliy sinoptiklar bashoraticha, bunday ob-havo Qirg'izistonda yana bir necha kun hukm suradi.
XS
SM
MD
LG