Breaking News

Oktabrda Xalqaro qizlar kuni nishonlanadi


Amerika prezidentining rafiqasi Mishel Obama bu sanani nishonlashni kanda qilmaydi. Uning “Qizlar o’qisin” nomli xalqaro tashabbusi aynan qizlarni kuylaydi. 
Amerika prezidentining rafiqasi Mishel Obama bu sanani nishonlashni kanda qilmaydi. Uning “Qizlar o’qisin” nomli xalqaro tashabbusi aynan qizlarni kuylaydi. 

11-oktabr - Xalqaro qizlar kuni. Birlashgan Millatlar Tashkiloti bu kunni 2011-yilda ta’sis etgan, shu tariqa jahonda qizlar va ularning huquqlarini sharaflagan. Amerika prezidentining rafiqasi Mishel Obama bu sanani nishonlashni kanda qilmaydi. Uning “Qizlar o’qisin” nomli xalqaro tashabbusi aynan qizlarni kuylaydi.

“Qizlar o’qisin” nomli bu tashabbus jahonda har bir qizaloq uchun ta’lim imkonini targ’ib qiladi.

Oq uyda Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan kechgan marosimda taniqli xonandalar, davlat xavfsizligi bo’yicha maslahatchi Syuzan Rays, aktrisa Meril Strip va to’rt qizaloq Mishel Obama bilan ko’rishdi. Mishel xonim o’tgan yoz Afrika davlatlarida bo’lib, o’qish imkonidan mahrum bo’lgan bolalar xolidan xabar oldi.

“Qizlar o’qisin” tashabbusiga yordam qo’lini cho’zayotganlar kam emas, deya mamnun Mishel Obama.

“Davlat rahbarlari, korporatsiyalar boshliqlari, Amerikadagi o’smir qizlar… Muammo haqida eshitgani zahoti, qizlar maktabga bormayotganini bilgani zahoti ular yordamga oshiqmoqda”, - deydi Obama.

“Si-En-En” telekanalining qizlar haqidagi yangi hujjatli filmini tanishtirar ekan, aktrisa Meril Strip dunyoda qizlarga nisbatan muomala ijobiy tomonga o’zgarishi kerak, dedi.

“Oilalar buni tushunishi lozim. O’g’il fazandlarimizga ham buni qayta-qayta uqtirishni unutmaylik. Ular qizlarni hurmat qilsin. Insoniyat taraqqiyoti uchun muhim bu”, - deydi Strip.

Aktrisa bilan sahnada so’zlagan qizlar ba’zan maktabga borish uchun bir necha kilometr yo’l yurishlari kerak ekanini hikoya qilib berdi.

Mishel Obama oliy ma’lumotli bo’lishida aynan moliyaviy yordam dasturlari muhim rol o’ynagan. Qo’shma Shtatlar “Qizlar o’qisin” loyihasi uchun 1 milliard dollar sarmoya ajratmoqda. Kelasi besh yildaJahon Banki bu dastur uchun 2 milliard dollardan ziyon moliya kiritadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG